Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Yangi O‘zbekiston va BMT: Milliy tashabbuslar — Global qarorlar

02-03-2026 274

    1992 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lib, mustaqil davlat sifatida xalqaro munosabatlar tizimida o‘zining suveren va teng huquqli maqomini mustahkamladi. Bu sana mamlakatimiz davlatchiligi uchun huquqiy e’tirofgina emas, balki yangi taraqqiyot yo‘lini tanlagan xalqning strategik qarorini anglatdi.

        Bugun ushbu sana Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosat falsafasi bilan chambarchas bog‘liq. Agar 1992 yildagi a’zolik xalqaro huquqiy tan olishni anglatgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda u — global jarayonlarga ta’sir ko‘rsatayotgan, tashabbus ilgari surayotgan va qarorlar qabul qilinishiga ta’sir etuvchi davlat maqomini ifoda etmoqda.

        Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari — ochiqlik, konstruktivlik, pragmatizm va o‘zaro manfaatli hamkorlik. Bu yondashuv BMT Nizomida mustahkamlangan suveren tenglik, tinchlikparvarlik va xalqaro hamkorlik tamoyillari bilan uyg‘un.

        Qisqa vaqt ichida mamlakatimiz BMT tizimidagi yetakchi institutlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. BMTning Tarqqiyot dasturi davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish jarayonlarida ishtirok etmoqda. YUNISЕF bolalar huquqlari va inklyuziv ta’limni rivojlantirishda muhim sherik hisoblanadi. YUNЕSKO bilan hamkorlik milliy madaniy merosimizni jahon miqyosida e’tirof ettirishga xizmat qilmoqda. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan amalga oshirilayotgan dasturlar esa sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlarga yaqinlashtirmoqda.

        Bu hamkorlik Yangi O‘zbekiston islohotlarining xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatadi.

        Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining eng muhim yutuqlaridan biri — Markaziy Osiyoda yangi siyosiy muhitni shakllantirishdir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasida ilgari surgan tashabbusi asosida 2018 yilda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.

        Bu hujjat mintaqa davlatlari o‘rtasida ishonchni kuchaytirishga huquqiy asos yaratdi. Chegara masalalari bosqichma-bosqich hal etildi, savdo aylanmasi oshdi, transport-logistika aloqalari faollashdi. Markaziy Osiyo bugun global siyosatda “muammoli hudud” sifatida emas, balki “hamkorlik va ishonch makoni”, konstruktiv hamkorlik namunasi sifatida tilga olinmoqda.

        Bu — Yangi O‘zbekiston diplomatiyasining amaliy natijasidir.

        2021 yilda BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

        Ushbu qaror mintaqaviy ekologik inqirozni global darajada e’tirof etish va xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirishga xizmat qildi. BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik ishonch jamg‘armasi doirasida Orolbo‘yi uchun alohida moliyaviy mexanizm ishga tushirildi.

        Xalqaro moliyaviy institutlar va donor tashkilotlar ishtirokida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Cho‘llanishga qarshi kurashish, yashil hududlarni barpo etish, suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot elementlari joriy etilmoqda, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

        Orolbo‘yidagi yer maydonlarida saksovul va boshqa cho‘lga chidamli o‘simliklar ekilishi nafaqat ekologik barqarorlik, balki aholi salomatligi va ijtimoiy sharoitini yaxshilashga ham xizmat qilmoqda.

        Bu - Yangi O‘zbekistonning ekologik adolat va iqlim barqarorligi borasidagi faol pozitsiyasini namoyon etib, ekologik mas’uliyatli davlat sifatidagi siyosati xalqaro darajada qo‘llab-quvvatlanayotganini anglatadi.

        Yangi O‘zbekiston yoshlarni strategik resurs sifatida ko‘radi. O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT doirasida yoshlar huquqlari va ma’rifat hamda diniy bag‘rikenglikka bag‘ishlangan rezolyutsiyalar ham qabul qilindi. Bu hujjatlar global miqyosda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ekstremizmga qarshi ma’rifiy yondashuvni ilgari surishga qaratilgan.

        Mamlakatimizda yoshlar uchun ta’lim imkoniyatlarining kengayishi, yangi universitetlar ochilishi, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi mazkur tashabbuslarning amaliy ifodasidir.

        Yangi O‘zbekiston inson kapitaliga sarmoya kiritish orqali barqaror taraqqiyotga erishishni maqsad qilgan.

        BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari milliy taraqqiyot dasturlari bilan uyg‘unlashtirildi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini oshirish, suv resurslarini samarali boshqarish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlanmoqda.

    So‘nggi yillarda mamlakatda quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilishi jadallashdi, “yashil” iqtisodiyot ulushini oshirish bo‘yicha strategiya qabul qilinib, qayta tiklanadigan energiya loyihalari amalga oshirilmoqda.    

    Bu tashabbuslar global iqlim siyosatining ajralmas qismiga aylanib, mamlakatning ekologik mas’uliyatli davlat sifatidagi nufuzini mustahkamlamoqda hamda Yangi O‘zbekistonning innovatsion va barqaror taraqqiyot yo‘lidan borayotganini namoyon etadi.

        2 mart — O‘zbekiston tashqi siyosat tarixi va milliy davlatchilik rivojida burilish nuqtasi. 1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lish mamlakatimiz uchun xalqaro huquqiy tan olish, suverenitet