Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Iordaniyada “Yangi O‘zbekiston” g‘oyalari keng targ‘ib etilmoqda

21-11-2026 77

    Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” asari hamda mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti, keng ko‘lamli islohotlari va yangilanish jarayonlariga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy nashrlar taqdimoti doirasida qator tadbirlar o‘tkazildi.            

    Mazkur tashabbusning mantiqiy davomi sifatida Iordaniyaning turli hududlarida    “Yangi O‘zbekiston”    ma’rifiy maskanlari tashkil etilib, ularda mamlakatimizning boy tarixiy merosi, milliy qadriyatlari, bugungi islohotlari, bunyodkorlik salohiyati va istiqbolli taraqqiyot yo‘li keng yoritilmoqda.            

    Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Iordaniyaning Mafraq viloyati hokimi doktor Usoma Abdulloh Al-Hoshim bilan ham uchrashuv o‘tkazdilar. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama etildi.

    Shuningdek, delegatsiya a’zolari tomonidan Iordaniyaning turli muassasalari va jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mohiyati, erishilayotgan natijalar hamda mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi tobora yuksalib borayotgani haqida atroflicha ma’lumot berildi.

    Bunday uchrashuvlar orqali    “Yangi O‘zbekiston fenomeni”, inson qadrini ulug‘lash, ochiqlik va konstruktiv hamkorlikka asoslangan taraqqiyot tamoyillari, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ma’naviyat sohalaridagi o‘zgarishlar xorijiy jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

    Ushbu tadbirlar Yangi O‘zbekistonning bugungi qiyofasi va taraqqiyot sur’atlari haqida xolis tasavvur shakllantirish, xalqlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv va do‘stlik rishtalarini mustahkamlash hamda mamlakatimizning boy ma’naviy merosi va salohiyatini xalqaro miqyosda tanitishga xizmat qiladi.

Barqaror rivojlanish markazi

matbuot xizmati