Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi va huquqshunoslik fanlarining dolzarb muammolari”

04-04-2022 407

    2022    yil    2 aprel    kuni Toshkent shahrida    “ Yangi    O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va huquqshunoslik fanlarining dolzarb muammolari”    mavzusida    oflayn    va    onlayn    shaklda ilmiy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi    Davlat    va huquq instituti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash    tomonidan tashkil etildi.

    Ilmiy-amaliy tadbirda    O‘zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari,    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi    Davlat    va huquq instituti ilmiy xodimlari ,    O‘zbekistondagi yuridik va turdosh oliy o‘quv yurtlari ,    vazirlik hamda idoralari bilan bir qatorda mamlakatimizning    akademik    hamjamiyati va tahliliy markazlari ,    nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ,    sohaning yetuk olimlari ,    shuningdek , yosh    tadqiqotchilar ishtirok etdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti    Sh.M. Mirziyoyevning    “Yangi    O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”    fundamental asarida ta’kidlanganidek ,    hozirgi globallashuv ,    raqamlashtirish ,    iqlim o‘zgarishi va jadal o‘zgarib borayotgan zamon ,    hayotning o‘zi mamlakatimizni yanada modernizatsiyalash ,    tinchlik ,    barqarorlik va milliy mustaqillikni mustahkamlash borasida yangi va yangi yechimini kechiktirib bo‘lmaydigan ,    o‘ta dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.

    Ilmiy-amaliy tadbirning asosiy maqsadi    – “2022 – 2026    yillarga mo‘ljallangan    Yangi    O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan vazifalar ,    shuningdek ,    ularning ijrosi bo‘yicha huquqshunoslik fani oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qilish ,    sohadagi ilmiy-amaliy ishlar rejasini tuzishga oid taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

    Ilmiy-amaliy tadbirning asosiy vazifasi    yuqoridagi muammolar yuzasidan soha mutaxassislarining ilmiy xulosalarga asoslangan fikr-mulohazalarini tinglash ,    mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tajriba va amaliyotni o‘rganish ,    tahlil etish ,    ularni amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish ,    shuningdek ,    bu boradagi aniq vazifalarni kelishib olishdan iborat.

    Prezidentning    “Yangi    O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ”    kitobida    ko‘zda tutilgan kodekslar ,    qonunlar va boshqa    normativ- huquqiy hujjatlarni qabul qilish nafaqat ulardagi normalarni milliy rivojlanishimiz qonuniyatlari ,    ilg‘or xorijiy va xalqaro tajribalarni chuqur o‘rganish asosida aniqlash , balki    ularning iqtisodiyotga ,    tadbirkorlikka ,    ijtimoiy ,    ma’naviy-ma’rifiy va boshqa bog‘liq sohalarga ta’sirini ham chuqur o‘rganishni talab etadi.    

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan so‘nggi yillarda mamlakatimizdagi    fan    va talim sohasidagi    tub    islohotlar natijasida qayta tiklangan Fanlar akademiyasi tizimidagi institutlar va boshqa tadqiqot markazlari ,    hususan    Davlat    va huquq instituti ,    huquqshunoslarni tayyorlovchi yuridik universitetlar ,    akademiyalar ,    fakultetlar va yuridik texnikumlarning    professor- o‘qituvchilari ,    huquqshunoslar oldiga qator dolzarb vazifalarni qo‘yadi.

    Birinchidan,    Prezidentning    “Yangi    O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ”    kitobidagi maqsadlar ,    g‘oyalar va islohotlar ruhi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan yetti yo‘nalish hamda yuzta maqsadni o‘zida mujassamlashtirgan ,    yuridik prognozlash usullariga asoslangan holda ,    O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik konsepsiyasini ishlab chiqish talab etildi.

    Ikkinchidan,    milliy konstitutsiyaviy taraqqiyotimiz va tajribamiz ,    konstitutsionalizmning rivojlanishiga doir xalqaro huquq va ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish borasida asoslantirilgan ,    hayotimizning o‘zi ,    jamiyatimiz va davlatimiz rivoji talab etayotgan takliflarni ishlab chiqish.

    Uchinchidan,    kodifikatsiya    nazariyasi va amaliyotini chuqur o‘rganish ,    yuridik prognozlash asosida qonunchiligimizni tizimlashtirish.

    To‘rtinchidan,    yuridik talim ,    qayta ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini ,    yuridik fanlar bo‘yicha dasturlarni tubdan qayta ko‘rib chiqib ,    tasdiqlash.    

    Ayniqsa ,    huquqshunoslik mutaxassisliklari bo‘yicha    bakalavriat, magistratura,    malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash ,    tayanch    doktorantura    va doktoranturada amalga oshiriladigan fundamental ,    ilmiy ,    ilmiy-amaliy izlanishlar bo‘yicha namunaviy dasturlarni ishlab chiqib ,    tasdiqlash    –    bugungi    kun,    mamlakatimizda amalga oshirilayotgan    tub    demokratik islohotlar talabidir.

    Tadbir davomida ,    shuningdek,    Yangi    O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan dolzarb mavzular    –    qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ulug‘lash ,    mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash, e kologiya    va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qonunchilikni takomillashtirish ,    jamoat xavfsizligini ta’minlash ,    huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish,    huquqiy sohadagi xalqaro ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish kabi mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

    Tadbir yakunida yuridik fanlar sohasida    12.00.01 – 12.00.14    ixtisoslik shifrlari bo‘yicha PhD va DSc namunaviy mavzulari tasdiqlan di hamda    Davlat    va huquq instituti tomonidan chop etilgan yuridik adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi.