Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Yangi O‘zbekiston sharoitida fuqorolik jamiyati institutlarining (FJI) rolini kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichiga olib chiqishga qaratilgan “2026-2030 yillarda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”

20-11-2025 69

    2025 yilning 19 noyabr kuni Urganch shahar ma’naviyat markazi kichik majlislar zalida Yuksalish harakati, O‘zNNTMA, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, Barqaror rivojlanish markazi Xorazm viloyati bo‘linmasi hamkorligida “Yangi O‘zbekiston sharoitida fuqorolik jamiyati institutlarining (FJI) rolini kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichiga olib chiqishga qaratilgan “2026-2030 yillarda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Davra suhbatini Yuksalish harakati hududiy bo‘linma rahbari, viloyat hokimi maslahatchisi Farohat Sadullayeva ochib berdi. Yuksalish harakati hududiy bo‘linma rahbari, viloyat hokimi maslahatchisi Farohat Sadullayeva “Hududda fuqarolik jamiyati bugungi holati” mavzusuda, Jamoat fondi viloyat bo‘limi boshlig‘i Kamol Jumaniyazov “Qonunchilik va NNTlarning moliyaviy barqarorligi. (Grant, subsidiya, ijtimoiy buyurtma, ijtimoiy tadbirkorlik)” mavzusuda, O‘zNNTMA Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Ortiqjon Masharipov “Davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligi (Jamoatchilik kengashlari, ochiqlikni ta’minlash, qarorlar qabul qilishda ishtirok)” mavzusida, Barqaror rivojlanish markazi Xorazm viloyati bo‘linmasi rahbari, professor B. Ruzmetov “Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda fuqorolik jamyati institutlarini o‘rni” mavzusida va boshqalar so‘zga chiqdilar.

    Bo‘linma rahbari B. Ruzmetov o‘z ma’ruzasida Barqaror rivojlanish maqsadlarini mazmun-mohiyati, ularni ro‘yobga chiqarishda fuqarolik jamiyati institutlarini ro‘li to‘xtaldi. 2026-2030 yillarda O‘zbekistonda fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasiga takliflar berdi.

    Davra suhbatini maqsadi - Konsepsiya loyihasini “yuqoridan pastga” emas, balki “pastdan yuqoriga” tamoyili asosida, bevosita joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), jamoat faollari, ekspertlar va fuqarolarning takliflarini umumlashtirgan holda shakllantirish hisoblanadi.


    Davra suhbatida tashkiliy tamoillar sifatida quyidagilar belgilandi:

    turli sohalarda faoliyat yurituvchi, katta-kichik, shahar va qishloq FJIlarining ishtirokini ta’minlash;

    muhokamalarning OAV va jamoatchilik uchun ochiq bo‘lishi, takliflarning shaffof to‘planishini ta’minlash.

    tanqidiy fikrlar bilan birga, aniq yechim va takliflarga urg‘u berish.

    har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish.


    Davra suhbatini ahamiyatli tomoni u debat shaklida tashkil qilinib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ham javob berib o‘tildi.


Barqaror rivojlanish markazi

Xorazm viloyat bo‘linmasi rahbari    

professor B.Ruzmetoov