Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Yangi kelishuv va memorandum

03-06-2022 411

    2022    yil    2 iyun    kuni    “Mintaqaviy muloqot”    tashkilotining    (Sloveniya)    O‘zbekistondagi bo‘limi rahbari    Petra    Goryup xonim va Barqaror rivojlanish markazi direktori Ma’ruf Usmonov tomonidan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

    Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar va Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlar samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Jumladan,    qonun ustuvorligini mustahkamlash,    inson huquqlari va erkinliklari,    qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash,    davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish borasidagi hamkorlikni rivojlantirish zarurati qayd etildi.

    Memorandumda Tomonlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy vazifalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar:

    –    qonun ustuvorligini mustahkamlash, korrupsiya    va jinoyatchilikning oldini olish,    inson huquqlari va erkinliklari,    qonuniy manfaatlarini himoya qilish,    davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlarini amalga oshirish;

    -    Barqaror rivojlanish maqsadlarining dolzarb masalalari va tomonlarni qiziqtirgan tegishli masalalar bo‘yicha tahliliy hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;

    -    Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan jamoatchilikni qiziqtirgan dolzarb mavzularda tadbirlar tashkil etish,    loyihalarni amalga oshirish;

    -    xalqaro va milliy tajribani o‘rganish,    tahlil qilish,    umumlashtirish va tarqatishda, shu    jumladan    seminar- treninglar va o‘quv sayohatlarini tashkil etishda ko‘maklashish;

    -    xabardorlikni oshirish va O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi sohasida yaxlit tizimni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tahliliy materiallar tayyorlash va ularning manfaatdor tomonlar o‘rtasida keng tarqalishini ta’minlash.

    BRM    mazkur sohada xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilish borasida qo‘shimcha tashkiliy va amaliy tadbirlarni rejalashtirgan.