Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Xorazmda jamoat xavfsizligi boʼyicha yangi vazifalar muhokama qilindi

29-01-2026 44

    2026 yil 28 yanvarь kuni Xorazm viloyati teleradiokompaniyasida davra suhbati tashkil etildi.

    Unda joriy yil 27 yanvarь kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida oʼtkazilgan, xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash boʼyicha namunaviy amaliyotni yaratish boʼyicha videoselektor yigʼilishining vazifalari muhokama qilindi.

    Tadbirda Xorazm MTRK xodimlari, respublika televideniesi muxbirlari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari va huquq-tartibot organlari vakillari ishtirok etdi.    

    Xususan, Barqaror rivojlanish markazining Xorazm viloyati boʼlinmasi rahbari, professor B. Ruzmetov ishtirok etib, “Oʼzbekiston 24”, Xorazm MTRK va Xorazm radiosiga jamoat xavfsizligini taʼminlash va xavfsiz ijtimoiy muhitni shakllantirish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining oʼrni, shuningdek, belgilangan ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlikni mustahkamlash, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish hamda sohadagi dolzarb masalalarni hal etishda kompleks yondashuvni taʼminlash muhim ekanligi boʼyicha maʼlumotlar berildi.

    Tadbir davomida videoselektor yigʼilishida belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyati, ularni hududlarda amalga oshirish mexanizmlari hamda barqaror rivojlanish tamoyillari asosida jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Ushbu tadbir davlat va jamoat institutlari hamkorligini yanada kuchaytirishga, shuningdek, barqaror rivojlanish yoʼlida xavfsiz va ijtimoiy adolatli muhitni taʼminlashga xizmat qiladi.