Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Xorazm viloyatida hududiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari

30-06-2026 190

    Barqaror rivojlanish markazi bo‘lim boshlig‘i Avazbek Xalbekovning “Xorazm viloyatida hududiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi ilmiy maqolasi “Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g‘oyalar” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamida chop etildi.

    Mazkur maqolada zamonaviy iqtisodiy tebranishlar kuchayib borayotgan sharoitda hududlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Muallif tomonidan Xorazm viloyatining mavjud iqtisodiy salohiyati, hududiy rivojlanish omillari hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mexanizmlari ilmiy jihatdan o‘rganilgan.

    Tadqiqotda hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, investitsiya faolligini kuchaytirish va ichki resurslardan samarali foydalanish barqaror rivojlanishning muhim shartlari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, Xorazm viloyatida sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yuqori texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish jarayonlari tahlil qilingan.

    Maqolada hududiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda xizmat ko‘rsatish sohasining o‘rni alohida yoritilgan. Xizmatlar sohasining rivojlanishi aholi bandligini ta’minlash, kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi daromadlarini oshirish hamda hududning iqtisodiy raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilishini asoslab bergan.

    Shuningdek, tadqiqotda Xorazm viloyati iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish, raqamli texnologiyalardan foydalanish, transport-logistika infratuzilmasini takomillashtirish, turizm va servis salohiyatidan samarali foydalanish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.

    Hududning geografik joylashuvi, tarixiy-madaniy merosi, turistik imkoniyatlari va inson kapitali salohiyati yangi iqtisodiy o‘sish nuqtalarini shakllantirishda muhim omil ekani ta’kidlangan. Ushbu omillardan samarali foydalanish yalpi hududiy mahsulot hajmini oshirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi qayd etilgan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, hududiy iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun resurs salohiyatidan oqilona foydalanish, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan yangilash, innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirish va investitsion muhitni yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi.

    Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, hududiy iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun resurs salohiyatidan oqilona foydalanish, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan yangilash, innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirish va investitsion muhitni yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ilgari surilgan ilmiy xulosa va tavsiyalar hududlarni barqaror rivojlantirish dasturlarini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.