Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Xorazm viloyatida hududiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo‘llari

01-07-2026 123

    O‘zbekistonning nufuzli “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” ilmiy-elektron jurnalining 2026-yil iyun oyidagi 6-sonida Barqaror rivojlanish markazi bo‘lim boshlig‘i Avazbek Xalbekovning “Xorazm viloyatida hududiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo‘llari” mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etildi.

    Mazkur maqolada hududiy iqtisodiy barqarorlikka erishishda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, investitsiya faolligini oshirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash va mavjud resurs salohiyatidan samarali foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, maqolada sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinib, ularning hudud iqtisodiy o‘sishidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan.

    Maqola yakunida Xorazm viloyati iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Jumladan, turizm, xizmatlar sohasi, qayta ishlash tarmoqlari va innovatsion yo‘nalishlarni rivojlantirish orqali yangi iqtisodiy o‘sish nuqtalarini shakllantirish imkoniyatlari asoslangan.