Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Xalq diplomatiyasi va diniy bagʼrikenglik – Yangi Oʼzbekiston tajribasi

15-11-2025 62

    2025 yil 14 noyabrь kuni Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar qoʼmitasida “Xalq diplomatiyasi va diniy bagʼrikenglik - millatlararo muloqotning samarali vositasi: Yangi Oʼzbekiston tajribasi” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Tadbirda davlat idoralari, nodavlat va diniy tashkilotlar, ilmiy muassasalar hamda milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etdi.

    Davra suhbatida Yangi Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan xalq diplomatiyasi va diniy bagʼrikenglik siyosati, uning millatlararo muloqotni mustahkamlashdagi ahamiyati muhokama qilinib, turli millat va din vakillari oʼrtasida oʼzaro hurmat, hamjihatlik va tinchlikni taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratildi.

    Barqaror rivojlanish markazi direktori E.Saminov oʼz maʼruzasida ishtirokchilarni 16 noyabrь — Xalqaro bagʼrikenglik kuni munosabati bilan muborakbod etib, dunyoda turli etnik va diniy jamoalar oʼrtasidagi ziddiyatlar hamda radikallashuv tobora kuchayib borayotgan hozirgi global sharoitda bagʼrikenglik, oʼzaro tushunish va totuvlik kabi umuminsoniy gʼoyalarni keng targʼib etish har qachongidan ham muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlab oʼtdi.

    Tadbir yakunida ishtirokchilar milliy madaniy markazlar pavilьoniga tashrif buyurib, turli millat vakillarining madaniy merosi bilan tanishdilar. Bu tashrif muloqot va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirdi.

    Davra suhbati Yangi Oʼzbekistonda millatlararo va dinlararo totuvlikni taʼminlashda xalq diplomatiyasi muhim vosita ekanini yana bir bor namoyon etdi. Tadbirda bildirilgan fikrlar va takliflar kelgusida mamlakatda tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.