Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Ziyolilar kengashining yirik anjumani o‘tkazildi

14-11-2026 248

    2026-yil 12-13-noyabr kunlari Abu Rayhon |Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Axborot Resurs Markazi katta majlislar zalida O‘zbekiston Ziyolilar kengashini kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda Xorazm viloyati viloyat, shahar, tuman, kengayshlari deputatlari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari professorlar o‘qituvchilari vakillari, axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

    Yig‘ilishni O‘zbekiston Qaxramoni, O‘zbekiston mahalla uyushmasi rahbari Sodiqjon Turdiyev ochdi va ma’ruza qildi.

    Yig‘ilishda Xorazm viloyat hokimi Jurabek Rahimov nutq so‘zladi.

    Yig‘ilish qatnashchilari 7 ta Sho‘baga bo‘linib, O‘zbekiston Ziyolilar kengashi oldida turgan vazifalar, Xorazm viloyatidagi bu sohadagi muammolar, ularni yechish yuzasidan takliflar ishlab chiqdilar.

    Barqaror Rivojlanish Markazi Xorazm viloyat bo‘linmasi rahbari prof. Baxtiyar Ruzmetov “Zamonaviy ilm-fan, ta’lim, innovatsion tibbiyot, Yashil taraqqiyot, intelektual va ijtimoiy tadbirkorlik” dep nomlangan 7 sho‘ba a’zoligiga saylandi va sho‘ba ishida ma’ruza qildi.

    Sho‘ba majlisini Oliy Majlis Senati ko‘mita a’zosi professor Abdullayev Bahrom Ismoilovicholib bordi.

    U o‘z so‘zida Xorazm viloyatidagi quydagi muammolar va ularni yechimiga to‘xtaldi:

1.                Xorazm viloyatidagi Ekologik va tibbiy muammolar va ularni ilmiy yechimlari;

2.                Ta’lim tadqiqot va biznes o‘rtasidagi hamkorlik;

3.                Ijtimoiy va intelektual tadbirkorlik.

    Barcha sho‘balardagi muammolar tahlil qilinib, Prezident devoniga taqdim etildi.

    Mavzu yuzasidan profg. B. Ruzmetov O‘zbekiston 24, Xorazm telekanaliga intervyu berdi.

    Yig‘ilish natijalari Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chioqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.