2026-yil 13-noyabrda O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi rasmiy veb-saytida Barqaror rivojlanish markazi bo‘lim boshlig‘i Jahongir Isayevning “Uzbekistan and Oman: From Strategic Dialogue to Tangible Results” nomli tahliliy maqolasi ingliz tilida e’lon qilindi.
Maqolada ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik, transport-logistika aloqalari, qo‘shma iqtisodiy loyihalar va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi istiqbolli imkoniyatlar tahlil etilgan.
Muallif siyosiy muloqot va iqtisodiy kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga aylantirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ilgari surgan.
Maqolaning to‘liq matni: https://belgium.mfa.uz/news/33860