Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Toshkent viloyati Kengashi deputatlari uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi

27-11-2026 108

    2026-yil 25-noyabr kuni Toshkent viloyati hokimligi majlislar zalida    Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida    Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida Barqaror rivojlanish markazi Toshkent viloyati bo‘linmasi tomonidan    “Barqaror rivojlanish maqsadlari va Yangi O‘zbekistonning strategik maqsadlari hamohangligi”    mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

    Seminarda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining jami 60 nafar deputati (shundan 40 nafari oflayn,    20 nafari onlayn tarzda),    shuningdek,    viloyat hokimligi mas’ul xodimlari,    fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirok etdi.

    O‘quv seminarining asosiy maqsadi    — Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirish yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish,    islohotlar natijasida har bir inson,    xususan,    bolalar,    yoshlar,    xotin-qizlar,    nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan manzilli ishlash mexanizmlarini deputatlar va jamoatchilik bilan muhokama qilishdan iborat.    Shuningdek,    BMT tomonidan tasdiqlangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) jamiyatning barcha qatlamlariga keng tanishtirish hamda ularning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida,    ayniqsa,    yoshlar hayotida tutgan muhim ahamiyatini tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Tadbirni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi    Feruza Mavlyanova    kirish so‘zi bilan ochib berdi.    U o‘z nutqida deputatlarning Barqaror rivojlanish maqsadlari borasidagi bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish zarurligini ta’kidlab,    bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari viloyatning tuman va shaharlarida ham o‘tkazib kelinayotganini qayd etdi.    Shuningdek,    mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik doimiy tus olishi lozimligini bildirib,    deputatlarni seminar ishida faol va jiddiy yondashuv bilan ishtirok etishga chaqirdi.

    Seminar davomida quyidagi ma’ruzalar tinglandi:

    ·        Abdumannop Tulyaganov    (Barqaror rivojlanish markazi Toshkent viloyati bo‘linmasi rahbari)—    “Barqaror rivojlanish maqsadlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyati”mavzusida so‘zga chiqib,    Toshkent viloyatida BRMni hayotga tatbiq etishda xalq deputatlarining o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi va maqsadlarning ustuvor yo‘nalishlariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

    ·        Shodiyor Azizov    (Barqaror rivojlanish markazi eksperti)    — Xalq deputatlari Kengashi a’zolari hamda mahalla faollarining BRMni amalga oshirishdagi roli xususida fikr yuritdi.    U o‘tkazilgan tadbirlar tahliliga tayangan holda,Toshkent viloyatida Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda asosan ikkita —    ekologik va ijtimoiyyo‘nalishlar ustuvor ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

    Qizg‘in muhokamalar va faol savol-javoblar ruhida o‘tgan seminar yakunida deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Barqaror rivojlanish markazi ekspertlari tomonidan asosli tavsiya va maslahatlar berildi.    Ishtirokchilarga mavzuga oid elektron taqdimotlar hamda tarqatma materiallar taqdim etildi.

    Barqaror rivojlanish markazi

    Toshkent viloyati bo‘linmasi