2026-yil 25-noyabr kuni Barqaror rivojlanish markazi va O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Xalqaro munosabatlar kafedrasi hamkorligida talabalar uchun binar dars tashkil etildi.
Dars davomida ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishning nazariy asoslari, Markaziy Osiyo mamlakatlarida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish ko‘rsatkichlari, mintaqadagi ekologik muammolar va ularni hal etish mexanizmlari tahlil qilindi.
Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlashda mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati hamda mazkur yo‘nalishlardagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotni Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Muxtor Nazirov hamda Barqaror rivojlanish markazi Xalqaro hamkorlik va loyihalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Muslim Ergashbayev olib bordi.
Binar dars nazariy bilimlarni amaliy tahlil bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning mintaqaviy ekologik jarayonlarga doir tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.