Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalar uchun favqulodda vaziyatlarda harakatlanish boʻyicha maxsus oʻquv kurslari yoʻlga qoʻyildi

14-05-2026 234

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi F-37-sonli farmoyishining 6-bandiga muvofiq, oliy taʼlim tashkilotlarida "Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi"ni oʻrgatish boʻyicha qoʻllanma va dasturlarni amaliyotga joriy etish vazifasi belgilangan.

    Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil aprel oyidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida maxsus oʻquv kurslari tashkil etildi. Ushbu kurslar Barqaror rivojlanish markazi vakili tomonidan olib borilmoqda.

    Mashgʻulotlar doirasida talabalarga favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish tartibi, aholini muhofaza qilish mexanizmlari, xavfsizlik qoidalari, tezkor evakuatsiya choralari hamda favqulodda holatlarda birinchi amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda.

    Shuningdek, oʻquv jarayonida favqulodda vaziyatlarda aholining tayyorgarlik darajasini oshirish, yoshlarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va turli xavf-xatarlarga nisbatan tezkor hamda toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Mutaxassislar fikricha, mazkur kurslar talabalarning favqulodda holatlarda harakatlanish boʻyicha amaliy tayyorgarligini mustahkamlash hamda aholi xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.