Barqaror rivojlanish markazi 

Sayt sinov rejimida ishlamoqda
  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Tojikistonlik talabalar uchun seminar tashkil etildi

13-10-2026 6

    Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Markaz vakili ishtirokida tojikistonlik talabalar uchun «O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligida barqaror rivojlanish masalalari» mavzusida seminar tashkil etildi.

    Tadbir ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi hamkorlikning barqaror rivojlanishga oid ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish, yoshlarning mintaqaviy jarayonlar haqidagi bilimlarini kengaytirish hamda ilmiy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashga qaratildi.

    Seminar davomida O‘zbekiston va Tojikistonning barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorligi, iqlim o‘zgarishi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, yashil iqtisodiyotga o‘tish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

    Markaz vakili o‘z chiqishida Markaziy Osiyo mamlakatlari oldida turgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘zaro bog‘liq ekanini, ularga samarali yechim topishda davlatlararo muloqot bilan bir qatorda ilmiy muassasalar, fuqarolik jamiyati institutlari va yoshlarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

    Shuningdek, O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mintaqaviy hamkorlik tashabbuslari va ushbu jarayonlarda yoshlarning o‘rni haqida ma’lumot berildi.