Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

“Think Road Forum 2026” xalqaro anjumanida barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi

05-11-2026 24

    2026-yil 5-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Think Road Forum 2026” xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi.    Anjuman doirasida iqlim oʻzgarishi, suv va energetika xavfsizligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, inson kapitalini rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlik va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Barqaror rivojlanish markazi vakillari anjuman doirasida tashkil etilgan “Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanish istiqbollari: iqlim, resurslar va mintaqaviy barqarorlik” mavzusidagi oltinchi panel sessiyasida ishtirok etib, Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqaror rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr va takliflar bildirdi.

    Shuningdek, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash, resurslardan samarali foydalanish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.