Barqaror rivojlanish markazi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida barqaror rivojlanishning global maqsadlarini milliy va hududiy darajada amalga oshirish, shuningdek ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Mazkur kelishuvda tomonlar bir qator ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldi. Jumladan, barqaror rivojlanish milliy maqsadlarini ilmiy tadqiqotlar va amaliy loyihalar orqali targ‘ib etish, kambag‘allikni qisqartirish, sifatli ta’limni ta’minlash, munosib mehnat va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlar ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Shuningdek, talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, “yashil iqtisodiyot” va raqamli transformatsiyani ta’lim jarayoniga joriy qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
Mutaxassislar fikricha, ushbu memorandum barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kuchaytirish, yoshlarda global fikrlash va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, mazkur hamkorlik hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda