Energiyaga bo‘lgan global talab ortib borayotgan bir paytda, shahar aholisi uchun mustaqil va ekologik toza energiya manbalarini yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qayta tiklanadigan energiya manbalari — ayniqsa shamol va quyosh — bu borada eng istiqbolli yechimlardan hisoblanadi.
So‘nggi yillarda butun jahonda iqlim tizimidagi o‘zgarishlar, atmosferada issiqxona ta’siri yuzaga keltiruvchi gazlarning ortishi va an’anaviy energiya zaxiralarining kamayib borishi mamlakatlarni yangi, barqaror energiya yo‘llarini izlashga undamoqda. Tabiiy resurslarning cheklanganligi hamda energetik xavfsizlikning muhim ahamiyat kasb etishi fonida qayta tiklanuvchi manbalarga bo‘lgan qiziqish keskin oshdi. Bugungi prognozlar shuni ko‘rsatadiki, 2026 yilga borib elektr energiyasiga bo‘lgan talab har yili o‘rtacha 3,4 foiz atrofida o‘sishi mumkin. Bu jarayon iqtisodiy faollikning ortishi, aholining iste’mol imkoniyatlari kengayishi va sanoatlashuv darajasining yuqorilashi bilan bog‘liq holda kechmoqda. Shuningdek, energiya iste’molining tez o‘sishi rivojlangan mamlakatlarda elektr transport vositalari hamda uy-joy tizimlarining kengayishi natijasida yanada jadal tus olmoqda.
Energiyaga bo‘lgan talabning bu tarzda ortishi ijobiy iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida baholansa-da, u bilan bir vaqtda global “dekarbonizatsiya” maqsadlariga yetishish jarayonini tezlashtirish zaruratini ham yuzaga keltiradi. Ya’ni, ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun energiya ishlab chiqarishda toza texnologiyalarni keng joriy etish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda.
Aynan shu massalarlar yuzasidan ko‘plab izlanishlar baravarida ixtirochilar, olimlar va muhandislar tomonidan turli loyihalar va konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda va hayotga tatbiq qilinmoqda, ko‘plab loyihalar amalda o‘z dinamik haqiqatlarini ko‘rsatmoqda. Shunday loyihalardan biri sifatida rivojlangan megapolislardagi ko‘p qavatli uylar da qalanilishini aks ettiruvchi kichkina shamol generatorlari yuzaga kelishi mumkin. Shamol generatorlari odatda keng va ochiq hududlarda quyilishi hech kimga yangilik yemas, lekin shaharlarda qo‘llash mumkinligi va u orqali xonadonlarda qo‘shimcha qayta tiklanuvchi elektr manbasining bo‘lishligi bilan farq qiluvchi kichkina shamol ggeneratorlari.
Texnologik yechim: mini shamol generatorlari
3D printerda ishlab chiqarish
3D printerlar yordamida mini shamol generatorlarini tayyorlash — arzon, tez va individual dizayn imkonini beradi. O‘ndan tashqari ko‘p yillik ekspulatatsiya va qayta ishlash imkoniyati.
Asosiy qismlar:
Lopastlar (vintlar) — shamol energiyasini mexanik harakatga aylantiradi.
Generator korpusi — motor va reduktorni joylashtirish uchun.
Mexanik val va podshipniklar — harakatni uzatish uchun.
Plastik va kompozit materiallardan foydalanish orqali yengil, barqaror va xavfsiz generatorlar tayyorlanadi.
Ko‘pqavatliy uylar fasatlariga o‘rnatish sharoiti
Shahar balkonlarida shamol tezligi past bo‘lishi mumkin, ammo yuqori qavatlarda shamol oqimi yetarli darajada bo‘ladi. Balkondagi shamol yo‘nalishi va tezligini aniqlash uchun anemometr uskunasi qo‘llaniladi.
Generatorni o‘rnatishda:
Shamol yo‘nalishi,
Balkon konstruksiyasi,
Qo‘shnilarga ta’sir kabi omillar inobatga olinadi.
Elektr energiyasini yig‘ish va saqlash
Akkumulator tanlovi
Mini generatorlar 12V yoki 24V kuchlanishda tok ishlab chiqaradi. Bu tokni saqlash uchun litiy-ion yoki gelli akkumulatorlar qo‘llaniladi.
Tanlovda:
Sigim (Ah).
Sikllar soni.
Hajm va og‘irlik kabi omillar muhim.
Zaryad kontrolleri
Generatordan kelayotgan tokni akkumulatorga to‘g‘ri uzatish va ortiqcha zaryadlanishni oldini olish uchun zaryad kontrolleri o‘rnatiladi. Kontroller tok kuchlanishini nazorat qiladi, akkumulatorni himoya qiladi va maishiy qurilmalarga tok taqsimlaydi.
Maishiy qurilmalarda foydalanish
Akkumulatorda yig‘ilgan tokni quyidagi qurilmalarda ishlatish mumkin:
Qurilma O‘rtacha iste’mol Ishlash vaqti (akkumulatorga bog‘liq)
Smartfon zaryadkasi 5 Vt 10–15 marta zaryad
Noutbuk 40–60 Vt 1–2 soat
Wi-Fi router 10 Vt 10+ soat
LED lampa 5–10 Vt 15+ soat
Bu yechim elektr uzilishlari paytida mustaqil energiya manbai sifatida xizmat qiladi.
Ekologik va iqtisodiy afzalliklar
Ekologik ta’sir
Karbon izini kamaytirish
Shovqinsiz ishlash
Qayta tiklanadigan resurs — shamol
Iqtisodiy tahlil
3D printerda tayyorlash xarajati: $50–$100
Akkumulator va kontroller: $100–$150
Umumiy sarf: $200–$250
Oylik elektr to‘lovlarida tejamkorlik: $10–$20
Ilmiy tadqiqotlar va pilot loyihalar
Germaniya - Fraunhofer IWES instituti shahar sharoitida kichik shamol generatorlarini balkon va tomlarda o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rgangan. Loyiha doirasida vertikal shamol turbinalarining aerodinamikasi, shovqin darajasi va energiya samaradorligi tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotlar Berlin va Gamburg shaharlaridagi pilot installyatsiyalar orqali amalga oshirilgan.
Yaponiya - Tokyo Tech universiteti Tokio shaharining yuqori qavatli binolarida vertikal shamol generatorlarini o‘rnatish orqali Wi-Fi router va LED yoritish tizimlarini quvvatlash bo‘yicha sinov loyihasini amalga oshirgan. Loyihada 3D printerda tayyorlangan turbinalardan foydalanilgan va energiyani akkumulatorlarda saqlash texnologiyasi sinovdan o‘tkazilgan.
AQSH - Nyu-York shahridagi NYSERDA agentligi tomonidan ko‘pqavatli binolar fasatlariga o‘rnatilgan vertikal shamol generatorlari orqali energiya ishlab chiqarish va uni maishiy qurilmalarda ishlatish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshirilgan. Loyihada turli turbinalarning samaradorligi, xavfsizligi va iqtisodiy jihatlari tahlil qilingan. Bu davlatlarda mini shamol generatorlarini shahar sharoitida sinovdan o‘tkazish loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda ham bu kabi loyihalarni amalga oshirish orqali energiya mustaqilligiga asta sekin erishish mumkin.
Bu borada XTIANMM kampanyasining onlayn marketlarda ko‘plab maishiy texnikalar qatorida muqobil tiklanuvchi energiya sifatida maishiy shamol generatorlariga taklif berayotgani, va bu taqliflarida bir nechta xil namunalarda ko‘rsatkichlar bunday shakilda:
Yoqilg‘i turi: Shamol
Quvvat manbai: Shamol energiyasi
Mahsulot og‘irligi: 12 kilogramm
Kuchlanish: 220 Volt
Chiqish quvvati: 3000 Vt
Maxsus xususiyati: Yengil
Rangi: Kumushrang
Dvigatel turi: Shamol
O‘zbekistonda xam bu onlayn marketlardan maishiy shamol generatorlarini 200-400$ miqtorida xarit qilish imkoni mavjut va bu kurilmani nafaqat kichik maishiy jixozlar balkiy xonadondagi kata yu jixozlaridan foydalanishda qo‘lash munkun.
Shahar ko‘p qavatli uylar fasadlariga 3D printerda tayyorlangan mini shamol generatorlarini o‘rnatish — nafaqat texnologik innovatsiya, balki ekologik barqarorlik va energiya mustaqilligiga olib boruvchi amaliy yechimdir. Ushbu yondashuv orqali aholi o‘z uyida qayta tiklanuvchi energiya manbasiga ega bo‘lib, elektr ta’minotidagi uzilishlardan mustaqil holda yashash imkoniyatiga erishadi. Bu yechim energiya tejamkorligi, karbon izini kamaytirish, iqtisodiy samaradorlik va aholining energiya savodxonligini oshirish kabi ko‘plab afzalliklarga ega.
Maqolada keltirilgan loyihalar — Germaniya, Yaponiya va AQSHdagi pilot sinovlar — ushbu texnologiyaning shahar sharoitida ham samarali ishlashini isbotlamoqda. O‘zbekistonda ham bu kabi loyihalarni amalga oshirish orqali milliy energetika tizimini diversifikatsiya qilish va aholining barqaror energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish mumkin.
Bu tashabbuslar BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) bilan to‘liq hamohangdir:
Barcha uchun arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiyaga erishish: mini generatorlar orqali aholiga mustaqil va toza energiya manbasini taqdim etish.
Barqaror shaharlar va jamoalar: shahar infratuzilmasini ekologik va innovatsion yechimlar bilan boyitish.
Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash: karbon izini kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiyani keng joriy etish orqali global iqlim muammolariga yechim topish.
Shu tariqa, mini shamol generatorlarini shaharda ko‘pqavatli uylar fasadlariga urnatishni joriy etish nafaqat texnik, balki ijtimoiy va ekologik jihatdan ham strategik ahamiyatga ega. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar, davlat qo‘llovi va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish orqali O‘zbekistonda barqaror energetika kelajagini yaratish mumkin.
Barqaror rivojlanish markazi
bosh mutaxassisi
Shuxrat Xojimurodov