2026-yil 30-sentyabr kuni Toshkent shahrida SCOLAR Tashkent Hub tomonidan turli oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun SCOLAR Network xalqaro yoshlar platformasi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda Barqaror rivojlanish markazi vakillari ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida taklif etilgan mehmonlar va spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, platformaning yoshlar uchun yaratayotgan imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik hamda yangi loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, Pekindagi SCOLAR Network rahbariyatining maxsus videomurojaati namoyish etildi.
Tadbir Markaz faoliyatida ham muhim o‘rin tutadigan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro tajriba almashinuvi va barqaror rivojlanish g‘oyalarini yoshlar orasida keng targ‘ib etish yo‘nalishlari bilan hamohang bo‘ldi.
Yakunda Markaz vakillari, talabalar va SCOLAR Tashkent jamoasi o‘zaro fikr almashib, kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.