Honeywell kompaniyasi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi chiqindilarini qiyin dekarbonizatsiya qilinadigan sohalar, jumladan suv transporti uchun tayyor holda qo‘llaniladigan qayta tiklanuvchi yoqilg‘iga aylantiruvchi ilg‘or texnologiyani taqdim etdi.
Ushbu texnologiya arzon va keng tarqalgan biomassa manbalari — masalan, yog‘och va qishloq xo‘jaligi qoldiqlaridan — kam uglerodli suv transporti yoqilg‘isi, benzin hamda ekologik toza aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish imkonini beradi.
Suv transporti uchun bu tayyor yoqilg‘i an’anaviy mazutga nisbatan iqtisodiy jihatdan samarali va kamroq uglerod chiqaradigan muqobil yechim hisoblanadi. Mavjud ko‘plab bioyoqilg‘i turlariga qaraganda yuqori energiya zichligiga ega bo‘lgani sababli, ushbu qayta tiklanuvchi yoqilg‘i qimmat dvigatel modernizatsiyasini talab qilmasdan kater, skuter va boshqa suv transportlarini suzish masofasini oshirishi mumkin.
Honeywell tomonidan ishlab chiqilgan mazkur texnologiya Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish jarayonida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Xususan, ushbu yechim qayta tiklanuvchi va kam uglerodli yoqilg‘i ishlab chiqarish orqali BRM 7 (Arzon va toza energiya) doirasida energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va toza energiya ulushini oshirishga xizmat qiladi.