Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Qayta tiklanuvchi energiya va energiya saqlash: Germaniya va Xitoy tajribasi

18-02-2026 48

Qayta tiklanuvchi energiya va energiya saqlash: Germaniya va Xitoyda quyosh va shamol energiyasi bilan birga energiya saqlash tizimlari battery storage (bu oddiy batareykadan farqli ravishda, qayta zaryadlanuvchi sanoat miqyosidagi tizim bo‘lib, u elektr tarmog‘ini barqarorlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini samarali ishlatish va zahira elektr ta’minoti yaratish uchun xizmat qiladi) joriy etilmoqda.

    2025 yil mart oyida Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn federal yeridagi Bollingshtedt shahrida joylashgan, akkumulator batareyalariga asoslangan eng yirik energiya saqlash tizimi tarmoqqa ulandi. Bu tizim 103,5 megavatt quvvatga va 238megavatt-soat energiya sig‘imiga ega.

    Xitoyda - energiya saqlash texnologiyalari ikki asosiy yo‘nalishda rivojlanmoqda: battery storage va “pumped hydro storage” (Gidroakkumulyatsiya qilish qurilmasi) energiya saqlash tizimlarining bir turini tashkil qiladi. Bu oddiy batareykadan farqli ravishda, qayta zaryadlanuvchi sanoat miqyosidagi tizim bo‘lib, u elektr tarmog‘ini barqarorlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini samarali ishlatish va zaxira elektr ta’minoti yaratish uchun xizmat qiladi. Xitoyda qurilgan yangi gidroakkumulyatsion elektr stansiyalarining quvvatlari shamol va quyosh energetikasi sohalarining rivojlanishiga yordam bermoqda va shu yo‘nalishda hozirgi kundagi umumiy quvvati 89 gigavatt bo‘lgan inshootlarning qurilishi olib borilmoqda.