Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Prezident asarlari taqdimoti — Iordaniyaning Oli Al-Bayt universitetida

23-11-2026 32

    2026-yil 18-noyabr kuni Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Oli al-Bayt universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” asari taqdimotiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

    Unda O‘zbekistondan tashrif buyurgan akademik delegatsiya,    universitet rahbariyati,    professor-o‘qituvchilar,olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.    Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi ilmiy,ta’limiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash,    ikki mamlakat akademik doiralari o‘rtasida tajriba almashish va Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan Iordaniya ilmiy jamoatchiligini yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

    Universitet vitse-prezidenti,    professor doktor Hani Axuxarshida o‘z nutqida bunday ilmiy uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi akademik va madaniy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.Shuningdek,    ular oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi muloqotni kengaytirish,    bilim va tajriba almashish,    mamlakatlarning taraqqiyot borasidagi yutuqlarini o‘zaro o‘rganish uchun qulay imkoniyat yaratishini qayd etdi.

    Universitetning San’at va gumanitar fanlar fakulteti dekani,    professor doktor Mahmud ad-Diki O‘zbekiston delegatsiyasini samimiy qutlar ekan,    mazkur tadbir tarixiy aloqalar,    mushtarak xotira va umumiy madaniy qadriyatlar bilan bog‘langan ikki xalq o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy muloqotning muhim namunasi ekanini ta’kidladi.

    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori,    professor Kamiljon Rahimov Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” asari mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi.

    Unda so‘nggi yillarda O‘zbekiston erishgan natijalar,    global muammo va tahdidlarga qarshi turish borasidagi sa’y-harakatlar,    inson qadrini ulug‘lash,    huquq va erkinliklarni ta’minlash,    aholi farovonligini oshirish,    mamlakatda tinchликva barqarorlikni mustahkamlash,    investitsiyalarni jalb etish hamda O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro maydondagi o‘rnini kengaytirishga qaratilgan islohotlar tahlil qilindi.

    Professor Abdulkarim Jaradat O‘zbekistonning boy tarixi va islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasiga alohida e’tibor qaratdi.    Shuningdek,    Prezident asarida ilgari surilgan g‘oyalar Iordaniya qiroli Abdulloh II ibn al-Husayn tashabbusi bilan e’lon qilingan «Ammon murojaati»ning asosiy tamoyillari — diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish,    turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmatni mustahkamlash,    terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish g‘oyalari bilan hamohang ekanini ta’kidladi.

    San’at va gumanitar fanlar fakulteti professori Anvar al-Xolidiy asarning intellektual va strategik ahamiyatiga to‘xtalib,uni O‘zbekistonda 2016-yildan buyon amalga oshirilayotgan islohotlar,    institutsional modernizatsiya va mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini aks ettiruvchi muhim manba sifatida baholadi.

    Fakultet vakili doktor Nart Qahun ham kitobning mazmuni,    uning intellektual va siyosiy jihatlari haqida fikr bildirdi.Unda O‘zbekistondagi islohotlar,    modernizatsiya jarayonlari va mamlakatning kelajak taraqqiyotiga oid qarashlar o‘z ifodasini topganini qayd etdi.    Shuningdek,    iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar,    tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari hamda ularning mamlakat xalqaro mavqeini mustahkamlash,    jahonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qo‘shayotgan hissasi haqida so‘z yuritdi.

    Tadbir yakunida Barqaror rivojlanish markazi direktori Elyorjon Saminov universitet vitse-prezidenti,    professor Hani Axuxarshidaga O‘zbekistonning boy tarixi,    ilmiy merosi va sivilizatsiyasini aks ettiruvchi qimmatli tarixiy hamda ilmiy kitoblar to‘plamini taqdim etdi.

    Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi ta’lim,    ilm-fan va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish,    ikki mamlakat olimlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot tajribasini xalqaro akademik maydonda keng targ‘ib etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

    Barqaror rivojlanish markazi

matbuot xizmati