2025 yilning 28 oktyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida «Olima» ayol uyushmasi, Urganch davlat universiteti, Ma’mun akademiyasi, Urganch davlat pedogogika instituti, Urganch innovatsion universiteti, Urganch Ranch texnologiya universiteti, Urganch Ma’mun universiteti hamda Barqaror Rivojlanish Markazi Xorazm viloyati bo‘linmasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot: barqaror rivojlanishning yangi modeli” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada viloyat oliy ta’lim universitetlari professor-o‘qituvchilari, magistrlar va iqtidorli talabalar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Konferensiyani Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali rektori, professor R.Ruziboyev ochdi. Konferensiyaga Xorazm viloyati Hokimi o‘rinbosari prof. S.Salayev, O‘zbekiston xotin-qizlar «Olima» ayol uyushmasi raisi prof. R. Murtazayeva tabrik so‘zi yo‘lladilar
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining paxtachilik va seleksiyachilik bo‘yicha maslahatchisi B. Tojiyev “Global iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish – davr talabi” mavzusida, Ma’mun universiteti dots.nti I. Yurevna “Alternativnie istochniki energii dlya otopleniya selskix shkol Uzbekistana” mavzusida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori D. Babajanova “O‘zbekistonda ekologik vaziyat: sog‘lomlashtirish va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish” mavzusida, Abu Rayhon Beruniy nomidagi UrDU kafedri mudiri, professor, D. Matyoqubova “Yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida hududiy biznes tuzilmalarining innovatsion diversifikatsiyasini ta’minlashning samarali mexanizmlari” mavzusida, Xorazm viloyati bo‘linmasi rahbari, professor B. Ruzmetov “Mintaqani barqaror va kompleksrivojlantirish ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida va boshqalar maruza qildilar.
Professor B. Ruzmetov o‘z so‘zida Barqaror rivojlanish maqsadlarini mintaqaviy xususiyatlari, mintaqani kompleks rivojlanish muamolari, ularga samarali yechimlar topish imkoniyatlari, viloyat Barqaror rivojlanish markazi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “Yashil O‘zbekistonning «Yashil» taraqqiyot yo‘li” asarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ptofessor-o‘qituvchilarni, talabalarini, yoshlarni ro‘liga to‘xtaldi.
Buning uchun O‘zbekistonda qabul qilingan “2019-2030 yillarga mo‘ljallangan yashil iqtisodiyotga o‘tish stategiyasini” bajarishga e’tibor qaratishni takidladi.
Konferensiyada quydagi yo‘nalishlarda muammolar muhokama qilindi:
1. Milliy manfaatlarga xos umumbashariy muammolar hamda ta’lim va tibbiyot sohasini innovatsion rivojlantirish
2. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish hamda milliy va hududlar iqtisodiyotini jadal rivojlantirish
Konferensiyaning ahamiyatli tomoni u debat shaklida tashkil qilinib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ham javob berib o‘tildi.
Barqaror rivojlanish markazi
Xorazm viloyat bo‘linmasi rahbari
prof., B.Ruzmetov