Barqaror rivojlanish markazi 

Sayt sinov rejimida ishlamoqda
  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

O‘zbekistonda biznes muhitidagi korrupsiyaviy xavflarni tizimli baholashga qaratilgan loyiha taqdim etildi

08-10-2026 16

    2026-yil 7-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Demokratiya va inson huquqlari instituti” Respublika jamoat birlashmasi hamda “Yuksalish” harakatiga ajratilgan davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman), shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlari, biznes hamjamiyati vakillari hamda ekspertlar ishtirok etdi.

    Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi buyurtmasi asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan “Biznes va korrupsiya: O‘zbekiston Respublikasida institutsional korrupsiyaviy xavflarni baholash, biznes hamjamiyatining munosabatini o‘rganish va samarali mexanizmlarni takomillashtirish” nomli davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi taqdim etildi.

    Loyiha taqdimoti “Demokratiya va inson huquqlari instituti” Respublika jamoat birlashmasi direktori, loyiha rahbari Sayyora Xodjayeva hamda “Barqaror rivojlanish” markazi bo‘lim boshlig‘i, loyiha eksperti Avazbek Xolbekov tomonidan o‘tkazildi.

    Taqdimotda loyihaning maqsadi, tadqiqot yo‘nalishlari va kutilayotgan natijalari yoritilib, biznes muhitidagi institutsional korrupsiyaviy xavflarni kompleks baholash, xavflar xaritasini shakllantirish hamda ularni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

    Taqdimotlar yakunida ishtirokchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, loyihaning amaliy ahamiyati, idoralararo hamkorlik va korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.