Barqaror rivojlanish markazi 

Sayt sinov rejimida ishlamoqda
  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligiga start berildi!

06-08-2026 32

    O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligiga start berildi!

    2026-yil 6-avgust kuni    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) oyligiga rasman start beruvchi    “Barqaror rivojlanish maqsadlari: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi”    mavzusida respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisi, Barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi hamraisi Tanzila Narbayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Anjumanda parlament a’zolari, BMT va Parlamentlararo ittifoq vakillari, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etdi. Konferensiya ishida    Barqaror rivojlanish markazi direktori E. Saminov    ham faol qatnashib, sohani istiqbolda rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflarini taqdim etdi.

    BRM oyligini o‘tkazishdan asosiy maqsad — aholida BRM g‘oyalariga bo‘lgan daxldorlik hissini mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasini keng namoyon etish hamda umumiy maqsadlar yo‘lidagi sa’y-harakatlarni konsolidatsiya qilishdan iborat. Oylik davomida respublika miqyosida kompleks tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, parlament eshituvlari va mahalliy Kengashlar sessiyalarini o‘tkazish, ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar tashkil etish, mahallalarda uchrashuvlar va manzilli targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish hamda media-loyihalarni tatbiq etish nazarda tutilgan.

    Strategik yondashuv asosida amalga oshirilgan izchil islohotlar natijasida Barqaror rivojlanish maqsadlarining 70 foizidan ortig‘i bo‘yicha sezilarli ijobiy natijalarga erishildi, 45 foizi bo‘yicha esa belgilangan ko‘rsatkichlar to‘liq ro‘yobga chiqarildi.

    Xususan, kambag‘allik darajasi 2021-yildagi 17 foizdan 2025-yil yakunida    5,8 foizga    qisqardi. Ta’lim sohasida maktabgacha ta’lim bilan qamrov    27,7 foizdan 78 foizga, oliy ta’lim bilan qamrov esa    8,3 foizdan 47,7 foizga    yetkazildi. Gender tengligi bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar evaziga davlat boshqaruvida xotin-qizlar ulushi    35 foizga, Qonunchilik palatasida    38 foizga, mahalliy Kengashlarda esa    32,5 foizga    oshdi.

    Olib borilgan tizimli va qat’iy islohotlar natijasida    2026-yilda O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksida (SDG Index)    169 ta davlat orasida    65-o‘rinni    egalladi.

    Bu erishilgan natijalar va ilgari surilgan istiqbolli tashabbuslar Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosati inson manfaatlarini ta’minlash hamda barqaror taraqqiyotni kafolatlashga xizmat qilayotganining yaqqol akademiya va amaliy ifodasidir.