Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

"Markaziy Osiyo hamjamiyatining konseptual asoslari va modeli" mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi

22-05-2026 445

    2026-yil 21–22-may kunlari "Diplomat University"da "Bilim karvoni" nodavlat notijorat ilmiy muassasasi bilan hamkorlikda "Markaziy Osiyo hamjamiyatining konseptual asoslari va modeli" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi tegishli buyrugʻiga muvofiq tashkil etildi.

    Anjumanning ochilish marosimida "Diplomat University" rektori U. Mahmudov hamda Qozogʻiston va Ozarbayjon elchixonalari masʼul vakillari soʻzga chiqib, mavzuning dolzarbligini taʼkidladilar. Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkiya va Avstraliyaning yetakchi oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, taniqli olimlar va ekspertlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

    Tadbir davomida "Diplomat University" hamda "Barqaror rivojlanish markazi" oʻrtasida strategik hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar qoʻshma ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va akademik aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, tashkiliy qoʻmitaga kelib tushgan 100 ga yaqin ilmiy ishlar orasidan eng dolzarb va yuqori ilmiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan maqola va tezislar saralanib, maxsus ilmiy toʻplam holida chop etildi.