Barqaror rivojlanish markazi bo‘lim boshlig‘i Muslim Ergashboyev Moskva shahrida o‘tkazilgan «Birdamlik avlodi» II xalqaro yoshlar forumida ishtirok etib, jamoatchilik diplomatiyasini rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflarni taqdim etdi.
Jumladan, xalqaro milliy xablar tarmog‘ini tashkil etish, yoshlar muammolari bo‘yicha ekspertlar kengashini shakllantirish, ayollar klubini ochish, sun’iy intellekt yordamida xalqlar folklorini targ‘ib qilish va raqamli diplomatiya sohasida yoshlar loyihalarini amalga oshirish taklif etildi.
Jahon xalqlari assambleyasi 2026-yil 10-noyabrdagi rasmiy maqolasida Markaz vakilining chiqishi va tashabbuslarini alohida yoritdi.
Bu kabi xalqaro muloqotlar O‘zbekiston fuqarolik jamiyati vakillarining xalqaro hamkorlikdagi ishtirokini kengaytirish uchun muhim imkoniyatdir.