2026 yil 26 fevral kuni Barqaror rivojlanish markazi Toshkent viloyati bo‘limi hamda Toshkent viloyati Ovchilar va baliqchilar birlashmasi bilan hamkorlikda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yilida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda “Mahalla — jamiyat bo‘lagi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent viloyati Ovchilar va baliqchilar birlashmasi ovchilari hamda xodimlari ishtirok etdi. Davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan fikrlaridan kelib chiqqan holda tashkil etildi. Tadbirda mahallaning ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Tadbir doirasida Barqaror rivojlanish markazi Toshkent viloyati bo‘linmasi rahbari To‘laganov Abdumannop “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida “Mahalla — jamiyat bo‘lagi” shiori ostida Barqaror rivojlanish maqsadlarining ijtimoiy yo‘nalishlari xususida ma’ruza qildi. Unda mahallaning aholi ijtimoiy faolligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdagi o‘rnini ilmiy-amaliy asosda yoritib berdi.
Shuningdek, Azizov Shodiyor — Barqaror rivojlanish markazi eksperti 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Ma’ruzada global va milliy darajada belgilangan strategik vazifalarning mahalla instituti faoliyati bilan o‘zaro uyg‘unligi tahlil qilindi.