Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili

19-05-2026 1293

    2026-yil 18-may kuni Chirchiq shahridagi 1-son kasb-hunar texnikumida "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" shiori ostida, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan "Yangi Oʻzbekistonda zamonaviy mahallaning oʻrni" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda jami 90 nafar ishtirokchi, jumladan, shahar hokimiyati vakillari, texnikum oʻqituvchi va oʻquvchilari, Chirchiq shahar mahallalar uyushmasi raisi, 4 ta mahalla raisi qatnashdi.

    Anjuman ishida ishtirokchilar Barqaror rivojlanish maqsadlari va ularni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, Barqaror rivojlanish markazining Toshkent viloyati boʻyicha rahbari A. Toʻlaganov barqaror rivojlanishning asosiy maqsad, vazifa va yoʻnalishlarini batafsil tushuntirib oʻtdi. Majlis koordinatori Sh. Azizov esa sifatli taʼlim va munosib ish oʻrinlari yoʻnalishlariga toʻxtalib, yoshlar uchun davlat tomonidan yaratilayotgan keng koʻlamli imkoniyatlar va tashabbuslar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, Chirchiq shahar mahallalar uyushmasi raisi S. Teshaboyev shaharda olib borilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

    Davra suhbatida yoshlar juda faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan dolzarb savollar bilan murojaat qildilar va mutasaddilardan asosli va aniq koʻrsatmalar oldilar. Tadbir davomida yigʻilganlarga mavzuga oid tarqatma material va bukletlar taqdim etildi.