Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Mahalla instituti — jamoatchilik faolligini oshirish va hududiy rivojlanishni qoʼllab-quvvatlashda yangi imkoniyatlar manbai

16-11-2025 38

Toshkent, 17 noyabrь 2025 yil. — Barqaror rivojlanish markazi tomonidan poytaxt mahalla raislari ishtirokida “Hududiy rivojlanishni taʼminlashda mahalla faolligining oʼrni va yangi yondashuvlar” mavzusida amaliy ceminar tashkil etildi.

    Tadbirda markaz eksperti Аvazbek Xalbekov mahallaning hududiy boshqaruv tizimidagi zamonaviy vazifalari, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va joylarda ijtimoiy loyihalarni samarali amalga oshirishga doir yangi yondashuvlar haqida maʼlumot berdi.

    Markaz eksperti taʼkidlaganidek, mahalla institutini qoʼllab-quvvatlash orqali aholining davlat organlariga ishonchi oshishi, ijtimoiy muammolarni erta aniqlash va hal etish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashning manzilli mexanizmlarini kuchaytirish imkoni yaratiladi.

    Ceminar davomida “mahalla yettiligi” tizimining aholi bilan toʼgʼridan-toʼgʼri muloqot qilishdagi oʼrni, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash va mahalladagi resurslardan oqilona foydalanishdagi amaliy ahamiyati taxlil etildi.

    Shuningdek, mahalla instituti hududlarni barqaror rivojlantirish, mahalliy tashabbuclarni qoʼllab-quvvatlash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashda muhim omil ekanligi qayd etildi.

    Yakuniy qismida ishtirokchilar mahalla tizimidagi yangilanishlar, aholining faol ishtirokini oshirish mexanizmlari hamda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish boracida oʼz savollariga javob oldilar.