Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Mahalla — barqaror rivojlanishda ta’sirli mexanizm

02-12-2025 52

2025 yil 1-2 dekabr kuni Barqaror rivojlanish markazi Xorazm viloyati hamda Toshkent shahri mahalla fuqarolari yig‘inlari raislari uchun “Barqaror rivojlanish maqsadlari va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida “mahalla yettiligi” tizimining roli” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

    Tadbirda Prezidentning 2023 yil 11 sentyabrdagi PF–158-son Farmoni asosida tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari va Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unligi taqdim etildi. Strategiya asosiy maqsadlari: barqaror iqtisodiy o‘sish, ta’lim va sog‘liqni saqlashni xalqaro standart darajasiga ko‘tarish, ekologik muhitni yaxshilash, adolatli davlat va milliy xavfsizlikni ta’minlash.

    Mahalla yettiligi tizimi orqali aholining kundalik muammolari mahallaning o‘zida hal qilinishi, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik va oila–maktab–mahalla hamkorligi ta’minlanishi ta’kidlandi. Shuningdek, BRMning kambag‘allikni qisqartirish, sifatli ta’lim, gender tenglik va barqaror jamoalar kabi yo‘nalishlari mahalla tizimidagi islohotlar bilan uzviy bog‘liqligi qayd etildi.

    Seminarda mahalla raislari va faollarining savollariga javoblar berilib, BRM va milliy strategiya o‘rtasidagi amaliy bog‘lanishlar haqida qo‘shimcha tushuntirishlar taqdim etildi.