Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Madaniy-ma’rifiy hamkorlik

03-03-2022 373

    Yangi    O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida inson huquqlari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida turadi.

        Jeneva    shahrida boshlangan    BMT    Inson huquqlari bo‘yicha kengashining    49-sessiyasi    o‘z ishini davom ettirmoqda . Sessiyaning Oliy darajadagi segmenti majlisida    2 mart    kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari ,    Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori A.Saidov so‘zga chiqdi,    deya    xabar    beradi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi axborot xizmati.

        –    Xuddi    shu    sanada O‘zbekiston Respublikasi jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot    –    Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganiga roppa -rosa 30    yil to‘ldi , –    dedi mamlakatimiz delegatsiyasi rahbari . –    O‘zbekiston BMTning inson manfaatlari yo‘lida sa’y-harakatga da’vatini qo‘llab-quvvatlaydi.    

    A.Saidov qayd etganidek , BMT Bosh    Assambleyasi sessiyasida    2020    yil    13 oktyabr    kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda O‘zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk    bor    BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga uch yil muddatga    – 2021-2023    yillarga saylangan . Mamlakatimiz    2021    yil    1    yanvardan boshlab bu boradagi vazifasini bajarib kelmoqda.

        2021    yil    oktyabr    oyida O‘zbekiston Prezidenti saylovi milliy qonunchilik va xalqaro saylov andozalari talablariga muvofiq holda o‘tkazildi . Ushbu    saylovda    YEXHT    va MDHning an’anaviy qatnashib keladigan missiyalari bilan bir qatorda ,    ilk    bor Yevropa    parlamentidan ham kuzatuvchilar ishtirok etdi.

    Bugungi kunda    2030    yilgacha mo‘ljallangan    kun    tartibi doirasida barqaror taraqqiyotning milliy maqsadlariga erishish borasida izchil ish olib borilmoqda.    Bunda hech kimni ortda qoldirmaslik prinsipiga so‘zsiz amal qilinmoqda.

    Parlamentlararo Ittifoq bilan hamkorlikda    2021    yil iyunida Buxoroda    « Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik »    xalqaro forumi tashkil etildi . A.Saidov ta’kidlaganidek ,    O‘zbekiston    BMT    Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta’minlash borasida parlamentlarning rolini oshirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qabul qilishga chaqiradi.

    Ma’ruzada O‘zbekistonning    BMT    Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi sifatida zimmasiga olgan majburiyatlari haqida ham so‘z yuritildi . Xususan ,    mamlakatimiz    2021    yilda    BMT    Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qildi . O‘tgan yil dekabrida esa    « Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqoti »    shafeligida ,    fuqarolik jamiyatining xotin-qizlar tashkilotlari va    «BMT- ayollar »    tuzilmasi ishtirokida mintaqaviy forum o‘tkazildi.

    O‘zbekiston tashabbusi bilan    BMT    Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Pandemiya sharoitida yoshlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi qabul qilindi . O‘tgan yil avgustida Toshkentda    « Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish »    mavzuida Yoshlar huquqlari bo‘yicha butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tdi . A.Saidov ushbu forumni o‘tkazishda ko‘rsatgan yordami uchun Oliy komissarga minnatdorchilik izhor etdi.

    "Inson huquqlari bo‘yicha kengashning Yoshlar huquqlari masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi lavozimini joriy etish borasidagi O‘zbekiston tashabbusi qo‘llab-quvvatlangani uchun ham tashakkur bildiramiz ",    dedi mamlakatimiz delegatsiyasi rahbari.    

    So‘nggi yillarda yurtimizda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish sohasidagi holat tubdan o‘zgardi . Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning roli kuchaytirildi . Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy mexanizm faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonunchilik choralari ko‘rildi.

    BMTning fuqaroligi yo‘q shaxslar sonini kamaytirishga chaqirig‘iga javoban , 2020    yilda mamlakatimizda    « O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi va shu asosda qisqa davrda    70    ming nafardan ziyod fuqaroligi yo‘q shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari sifatida e’tirof etildi.

    Ma’ruzada ,    shuningdek ,    Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar yoritib berildi . Jumladan , 2021-2025    yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangani, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilingani ,    O‘zbekiston Respublikasida    2030    yilgacha gender tenglikka erishish Strategiyasi tasdiqlangani ,    BMTning Inson huquqlari ta’limi butunjahon dasturining to‘rtinchi bosqichi doirasida Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida Milliy dastur loyihasi ishlab chiqilgani kabi amaliy natijalarga e’tibor qaratildi.

    Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar Boshqarmasi bilan birgalikda bu yil    « Inson huquqlari sohasida ta’lim »    Global forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda . Shu munosabat bilan A.Saidov xalqaro jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif qildi.    

    Shuningdek ,    so‘nggi yillarda BMTning maxsus protseduralari bilan o‘zaro hamkorlikda sezilarli siljishlarga erishilgani ta’kidlandi . Xususan ,    barcha mandat egalariga mamlakatimizga tashrif buyurish uchun doimiy taklifnoma yo‘llandi.    

    Bu o‘rinda    2021    yil dekabrida O‘zbekistonga BMTning Terrorizmga qarshi kurash sharoitida inson huquqlari va asosiy erkinliklarni himoya qilish va rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn tashrif buyurgani alohida qayd etish lozim.    

        BMT    maxsus ma’ruzachisining tavsiyalari asosida uning takliflari amalga oshirilgan Milliy reja ishlab chiqilmoqda . Joriy yilda BMTning Qiynoqlar masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi yurtimizga tashrif buyuradi.

    "O‘zbekiston dunyoning barcha mamlakatlari bilan manfaatli hamkorlik qilishga , BMT    va uning institutlari bilan amaliy muloqotga hamisha tayyor ",    deya ta’kidladi A.Saidov.    

    Binobarin ,    O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zoligi davrida inson huquqlari sohasida eng yuksak standartlarga sodiqligini namoyon qilishga astoydil intilmoqda.