“Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi . Qarorga ko‘ra , ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar Ichki ishlar vazirligiga biriktirilib, “Nurli maskan ” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari (“ Nurli maskan ” maktablari ) deb nomlandi.
Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi , Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi , Toshkent tibbiyot akademiyasi , Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda boshqa tibbiy muassasalarning malakali shifokorlari jalb etilgan holda, “Nurli maskan ” maktablari o‘quvchilarini davolash-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek , barcha “ Nurli maskan ” maktablari hududiga videokuzatuv moslamalari o‘rnatilib , ular tegishli hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilinadi.
2022/2023 o‘quv yilidan:
“Nurli maskan ” maktablarining Brayl yozuvidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar , badiiy hamda bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar , turli ixtisoslik va yo‘nalishlardagi bosma va audiokitoblarga ehtiyoji har 6 oyda o‘rganiladi va shu asosda adabiyotlar ro‘yxati shakllantirib boriladi;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun belgilangan viloyat va respublika fan olimpiadalari bitiruvchi sinflar o‘quvchilari uchun alohida tashkil etiladi;
“Nurli maskan ” maktablari o‘quvchilari uchun axborot texnologiyalari , xorijiy tillar , kasb-hunar va tadbirkorlikni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi;
OTMning tegishli ixtisoslik va yo‘nalishlari bo‘yicha Brayl alifbosi asosidagi adabiyotlarni chop etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualar chop etuvchi nashriyot-matbaa korxonalari bilan deklaratsiya qilingan narxlar asosida belgilangan tartibda shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.
2022 yil sentyabrdan “ Nurli maskan ” maktablarida o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida zamonaviy jihozlangan ijtimoiy va maishiy yo‘nalishdagi majmua ( o‘quv ustaxona)lar tashkil etiladi.
Shuningdek , inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan ta’lim muassasalarida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning yaqin qarindoshlariga ular bilan birga darslarda qatnashish imkoniyati yaratiladi.
2022 yil yakunigacha “ Nurli maskan ” maktablari uchun o‘zbek nutq sintezatori va boshqa semantik-eshitish vositalari bilan hamohang ravishda milliy dizayndagi maxsus kompyuter dasturlari yaratiladi va o‘quv jarayoniga tatbiq qilinadi.
2022/2023 o‘quv yilidan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar hamda tayanch harakat a’zolari shikastlangan bolalarning ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda paralimpiya sport turlari ( dzyudo , futbol , yengil atletika ) bilan mukammal shug‘ullanishi uchun sport guruhlari tashkil qilinadi.
2022 yil 1 oktyabrdan “ Nurli maskan ” maktablari negizida ko‘zi ojiz bolalarni maktabga tayyorlovchi bir yillik muddatli tayyorlov guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2022 yil yakunigacha “ Nurli maskan ” maktablari hududida “ Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maxsus maydoncha”lari tashkil etilib , ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar va innovatsion yo‘l belgilarini o‘rnatish choralari ko‘riladi.