Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

“Konstitutsiyaviy islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlari : taklif va tavsiyalar ” mavzusidagi davra suhbat

08-06-2022 428

PRЕSS-RЕLIZ

Joriy yilning    8 iyun    kuni Toshkent shahrida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi ,    O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda    Fanlar akademiyasining    Davlat    va huquq instituti tomonidan    “Konstitutsiyaviy islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlari :    taklif va tavsiyalar ”    mavzusidagi davra suhbati    tashkil etildi.

Tadbirning    maqsadi    –    Oliy Majlis palatalari kengashlari tomonidan tashkil etilgan    O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy    komissiya     a’zolarining    fuqarolik jamiyati institutlari , akademik    hamjamiyat ,    tahliliy markazlar vakillari bilan    “ Jamiyat    –    islohotlar tashabbuskori”    tamoyili asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar borasidagi    navbatdagi ochiq muloqotni tashkillashtirish ,    ularning aniq taklif va tavsiyalarini jamlash.

Zero, “Xalq    –    qonun ijodkori”    g‘oyasini hayotga tatbiq etish Konstitutsiyaviy    komissiya    faoliyatining    bosh    me’zonlaridan biridir.

Ta’kidlandiki ,    bugungi kunda umumxalq orzusi ,    istagi ,    maqsadini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish g‘oyasi    tom    ma’noda xalqimizning barcha tabaqalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.    Konstitutsiyani takomillashtirish bo‘yicha keng jamoatchilik tomonidan Konstitutsiyaviy komissiyaga har soatda kelib tushayotgan ko‘plab amaliy takliflar ham bundan dalolat beradi.

Konstitutsiyaviy komissiyaga    kelib tushayotgan takliflarni    shaffof o‘rganish    bilan bir qatorda ular mana shunday ochiq muloqotlarda keng muhokama qilinmoqda.

Konstitutsiyaviy komissiya tarkibida barcha hududlardan deputatlar ,    senatorlar ,    jamiyatning turli qatlamlari ,    jumladan    fuqarolik jamiyati institutlari vakillari,    yetuk huquqshunos va siyosatshunoslar hamda boshqa ekspertlar faol ishlamoqdalar.

Shu jumladan ,    mamlakatimizdagi fuqarolik jamiyati institutlari ,    xususan ,    joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari Konstitutsiyada    “Jamiyat    –    islohotlar tashabbuskori”    tamoyilini mustahkamlash ,    fuqarolik jamiyati institutlari o‘rni va ahamiyatini oshirish ,    faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asosini takomillashtirish borasida o‘z taklif va tavsiyalari bilan chiqishmoqda . Xususan ,    islohotlar jarayonida inson qadri ,    huquqlari va qonuniy ezgu-manfaatlarini ta’minlash,    “inson    –    jamiyat    –    davlat”    tamoyilini hayotga tatbiq etish,    millatlararo totuvlikni    va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlash ,    oila institutini rivojlantirish ,    nogironlar ,    yoshlar ,    keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish va ekologiyaga oid masalalarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish borasidagi takliflar ilgari surilmoqda.

Ta’kidlandiki ,    bugungi kunda fuqarolik jamiyatiga eng muhim konstitutsiyaviy-huquqiy kategoriya sifatida qarash lozim . Fuqarolik jamiyati g‘oyasining konstitutsiyaviy darajada tan olinishining o‘zi ko‘p jihatdan ramziy ma’noga ega . Fuqarolik jamiyatining o‘rni tobora ortib borayotganini hisobga olgan holda ,    davlatning asosiy Qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiq.

Tadbir ishtirokchilarining fikricha ,    fuqarolik jamiyati konsepsiyasining konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlanishi    “ fuqarolik jamiyati”ning maqomini yanada oshiradi . Ayni damda    “fuqarolik jamiyati”    – konstitutsiyaviy davlatning ajralmas atributi    (uning maqsadi )    hisoblangan ijtimoiy jamiyatning ideal standarti ekanligini ta’kidlash muhim . Shu ma’noda    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fundamental asari hisoblangan    “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”    kitobidagi    “Xalq qabulxonalari”ga konstitutsiyaviy maqom berish, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlarning jamoat muhokamasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish ,    shuningdek ,    xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi    “ Xalqchil davlat ”    milliy dasturlarini tasdiqlash kabi tashabbuslarini hayotga tatbiq etish    –    ustuvor vazifalar ekanligi alohida e’tirof etildi.

Keng jamoatchilik va butun xalqimiz bilan hamnafas ravishda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan konstitutsiyaviy islohotlarga oid taklif va mulohazalarining muhokama etilishi hamda aniq takliflarni ko‘rib chiqilishi muhim ahamiyatga ega.

Bevosita tadbir jarayonida ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi NNTlar vakillarining fuqarolik jamiyati institutlari o‘rni va ahamiyatini oshirish hamda ijtimoiy yo‘nalishdagi takliflari tinglandi.

Bildirilgan har bir taklif tadbir ishtirokchilari tomonidan muhokama etildi ,    ularning huquqiy asoslari ,    qonunchilikka moslashtirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

Huquqshunoslar ,    olimlar ,    tajribali    NNT    vakillari muhokamasidan o‘tgan takliflar umumlashtirilib ,    Konstitutsiyaviy komissiyaga taqdim etildi.