Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

"Konstitutsiyaviy islohotlar : jahon mamlakatlari tajribasi ” ko‘p jildli monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

03-06-2022 278

    Akmal    Saidov    raisligida O‘zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning borishi muhokama qilindi .

    Shuningdek ,    aynan huquqshunoslar konstitutsiyaviy komissiyaning asosiy yordamchilari bo‘lishi kerakligi aytildi . Ular,    avvalo ,    konstitutsiyaviy islohotning mazmun-mohiyatini xalqqa tushuntirishi ,    uning zarurligini asoslab berishi, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga aniq takliflar berishi kerak.

    Shuningdek ,    huquqshunoslar va konstitutsiyaviy    komissiya    ekspertlari uchun Barqaror rivojlanish markazi ishtirokida tayyorlangan    “ Konstitutsiyaviy islohotlar :    jahon mamlakatlari tajribasi ”    ko‘p jildli monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi . Monografiya    ushbu sohadagi xalqaro tajribani o‘rganish vazifalarini amalga oshirish doirasida xorijiy mamlakatlarda konstitutsiyaviy islohotlarning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasidir . Hozirgi vaqtda monografiyaning quyidagi bo‘limlarni o‘z    ichiga    olgan ikki jildligi nashr etilgan:

        1. Konstitutsiyaviy islohotlar ;    inson qadr-qimmatini himoya qilish va demokratik boshqaruvning yangi paradigmasi    “ Samarali boshqaruv”.

        2. Konstitutsiyaviy islohotlar va insonning iqtisodiy huquqlarini himoya qilish.

        3. Konstitutsiyaviy islohotlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish.

        4. Konstitutsiyaviy islohotlar va    “ Farovon davlat ”    konsepsiyasini amalga oshirish.

        5. Insonning ekologik huquqlarini himoya qilish konstitutsiyaviy islohotlarning eng muhim tarkibiy qismi va barqaror rivojlanishning eng muhim sharti sifatida.

        6. Konstitutsiya:    axborot va raqamli jamiyatning shakllanishi.

    Asosiysi ,    barcha materiallar tizimli ravishda xalqaro-huquqiy hujjatlar va xorijiy davlatlar konstitutsiyalari normalariga ,    shuningdek , Prezident Shavkat    Mirziyeyov tomonidan belgilab berilgan konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqlashtirilmoqda.

    Shuningdek ,    Barqaror rivojlanish markazi tomonidan bugungi kunga qadar konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyalar shaklida uchta tadbir muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ta’kidlandi.

    Navbatdagi tadbir    2022    yil    20 iyun    kuni    Xiva    shahrida    « Inson-jamiyat-davlat »    konstitutsiyaviy tamoyilining hayotga tatbiq etilishi ;    milliy va xorijiy tajriba ”    mavzusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.