Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʼilishi

29-01-2026 48

2026 yil 29 yanvarь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʼilishi Jamoatchilik kengashi raisi, Barqaror rivojlanish markazi direktori Elyorjon Saminov boshchiligida boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda Energetika vazirligining tegishli tarkibiy boʼlinmalari rahbarlari va masʼul xodimlari, shuningdek, Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etdilar. Yigʼilish doirasida yoqilgʼi-energetika sohasidagi eng dolzarb masalalar yuzasidan keng qamrovli jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.

    Mazkur muhokamada yoqilgʼi-energetika tizimida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yakunlari har tomonlama tahlil qilinib, 2026 yilga moʼljallangan ustuvor vazifalarni belgilash masalalari yuzasidan jamoatchilik va ekspertlar fikrlari tinglandi.

    Xususan, qish mavsumida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz va barqaror taʼminlash masalasi jamoatchilik muhokamasining markaziy yoʼnalishlaridan biri sifatida koʼrib chiqildi. Ushbu yoʼnalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud tizimli muammolar hamda ularni bartaraf etish boʼyicha takliflar jamoatchilik ishtirokida ochiq muhokama qilindi.

    Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, Call-markazlar faoliyatini takomillashtirish, ochiqlik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashuvi boʼlib oʼtdi. Jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan sohadagi muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

    Yigʼilish jarayonida Jamoatchilik kengashi vakillarining yoqilgʼi-energetika sohasiga oid qonun ijodkorligi jarayonlarida faol ishtirokini taʼminlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va takomillashtirishda jamoatchilik fikrini inobatga olish, qonun loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʼtkazish hamda ekspert xulosalarini shakllantirishda Jamoatchilik kengashining institutsional imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi taʼkidlandi. Shu doirada qonun loyihalariga taklif va xulosalar kiritish, jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish hamda qonun ijodkorligi jarayonida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan mexanizmlarni joriy etish boʼyicha takliflar bildirildi.

    Yigʼilish davomida 2026 yil uchun Energetika vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining ish rejasi tasdiqlanib, unga muvofiq jamoatchilik muhokamalari, sohaviy monitoring va tahliliy ishlarini tizimli asosda tashkil etishbelgilandi.