«Inson sha’ni va qadr-qimmati yo‘lida» tamoyili asosida keyingi yillarda inson huquq va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash , faol va erkin fuqarolik jamiyati shakllantirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan . Xususan:
• mahalla institutining samaradorligini oshirish , uni davlat boshqaruvi va nazoratining asosiy bo‘g‘iniga aylantirish;
• qonun ijodkorligi jarayonlarini modernizatsiya qilish , qonun yaratilishi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuv amaliyotini takomillashtirish orqali qonun hujjatlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;
• xalq bilan ochiq muloqot mexanizmlarini takomillashtirish , jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda muhim qarorlar qabul qilish amaliyotini kengaytirish;
• qonunchilik va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning hozirgi tendensiyalarini hisobga olgan holda , fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining huquqiy asoslarini ishlab chiqish , xususan, “Jamoatchilik palatasi to‘g‘risida”gi qonun, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Kodeksning qabul qilinishi;
• samarali jamoatchilik nazoratining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish , uni amalga oshirishning zamonaviy shakllarini amaliyotga joriy etish , davlatga xos ayrim funksiyalarni bajarish jarayoniga jamoatchilik nazorati subyektlarini keng jalb etish , davlat organlari faoliyatini o‘rganishda ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish , shuningdek , aniqlangan kamchiliklarni ochiq muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
• ommaviy axborot vositalarining rolini yanada mustahkamlash va jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish , aholini tashvishga solayotgan muammolarni o‘rganish va islohotlarni amalga oshirish holatini o‘rganishda ular faoliyatidan samarali foydalanish;
• ijtimoiy sheriklik samaradorligini oshirish , nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini subsidiyalar , grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shaklida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmini ikki baravar oshirish;
• jamiyatda inson huquqlariga doir madaniyatni shakllantirish , qonunga hurmat bilan munosabatda bo‘lish unga rioya qilish , shuningdek , korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini mustahkamlashga yo‘naltirilgan va boshqa shu kabi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.