Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi joriy etiladi

24-01-2026 72

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (PQ–20-son, 2026 yil 20 yanvar) qabul qilindi.

    Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 maydan boshlab xalqaro “Stent for Life” va “Action Plan for Stroke” dasturlari asosida ishlab chiqilgan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.

    Milliy dastur doirasida:

30 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida yiliga bir marta maqsadli tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi;

infarkt va insult bo‘yicha tunu kun ishlovchi maxsus brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

bemorlarni davolashning xalqaro standartlarga asoslangan klinik marshrutlari joriy etiladi;

tez tibbiy yordam xizmatlari zamonaviy telemetrik uskunalar bilan ta’minlanadi.

    Ushbu chora-tadbirlar aholi salomatligini saqlash, infarkt va insultdan o‘lim hamda asoratlar ko‘rsatkichini kamaytirishga xizmat qiladi.