Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xulosasiga ko‘ra , bugun dunyo aholisining 99 foizi ifloslanish darajasi me’yoriy ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan havodan nafas olmoqda . Bu insoniyat salomatligi uchun jiddiy tahdiddir.
“Havoning ifloslanishi har yili 7 million odamning o‘limiga sabab bo‘lyapti , — deydi JSSTning iqlim o‘zgarishi , salomatlik va atrof-muhit masalalari bo‘yicha departamenti direktori Mariya Neyra . — Shuningdek , bu holat ko‘plab kasalliklarni avj oldirmoqda.
Masalan , atmosferadagi zaharli moddalar o‘pka orqali qon aylanish tizimiga kirib , yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Qolaversa , olimlar fikricha , havoda azot dioksidi miqdori oshishi nafas yo‘llarida jiddiy muammolar , xususan , bronxial astmani yuzaga keltiradi.
Shu bois , JSST dunyo mamlakatlarini atmosfera ifloslanishining oldini olishga qaratilgan samarali choralar ko‘rishga chaqirdi.