2026-yil 23-iyunda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish boʻyicha navbatdagi global hisoboti eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston 169 ta davlat orasida 72,95 ball bilan 65-oʻrinni qayd etdi.
Hisobot natijalariga koʻra, joriy yilda Oʻzbekistonda "Qashshoqlikka barham berish" (1-maqsad) hamda "Sifatli taʼlim" (4-maqsad) yoʻnalishlarida ijobiy natijalar qayd etildi.
Shu bilan birga, "Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari" (11-maqsad) hamda "Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish" (13-maqsad) yoʻnalishlarida koʻrsatkichlarni yanada yaxshilash zarurligi qayd etilgan.
Qolgan maqsadlar — "Sogʻliq va farovonlik", "Gender tengligi", "Toza suv va sanitariya", "Munosib mehnat va iqtisodiy oʻsish", "Sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilma", shuningdek, "Barqaror rivojlanish yoʻlida hamkorlik" yoʻnalishlarida mamlakat koʻrsatkichlari ijobiy dinamikani namoyon etmoqda.
Maʼlumot uchun: Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Barqaror rivojlanish yechimlari tarmoqʻi" (Sustainable Development Solutions Network — SDSN) xalqaro tashkiloti tomonidan 2015-yildan buyon har yili erishilgan natijalar eʼlon qilib kelinmoqda.