Mamlakatimizda 1–5 dekabr kunlari fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvatlash sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu haftalikda respublikamizning barcha hududlaridan 1500 nafardan ortiq fuqarolik jamiyati vakillari qatnashmoqda.
2025 yil 4 dekabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida haftalik doirasida eng muhim tadbirlardan biri – “Milliy, mintaqaviy va global darajada xalq diplomatiyasi orqali barqaror rivojlanishni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbir Barqaror rivojlanish markazi, O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan tashkil etilmoqda.
Konferensiyaning asosiy maqsadi – xalq diplomatiyasi mexanizmlari orqali barqaror rivojlanishni ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari hamkorligini mustahkamlash hamda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun qulay zamin yaratishdan iborat.
Shu bilan birga, milliy, mintaqaviy va global darajadagi hamkorlik platformalarini rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida ishonch, ochiq muloqot va o‘zaro anglashuv muhitini kuchaytirish orqali tinch va barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shish anjumanning muhim vazifalaridan biridir.
Mazkur anjuman orqali davlatlar va jamiyatlar o‘rtasidagi muloqotni chuqurlashtirish, milliy madaniy meros va qadriyatlarni targ‘ib qilish, yoshlar va ayollar ishtirokini oshirish, ekologik va gumanitar loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalarga yechimlar izlash ko‘zda tutilgan.
Konferensiya ikki sessiyadan tashkil topdi:
Birinchi sessiya. Milliy darajada xalq diplomatiyasi va barqaror rivojlanish – mazkur sessiyada barqaror rivojlanishni ta’minlashda xalq diplomatiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari va madaniy diplomatiyaning o‘zaro bog‘liq o‘rni kompleks tahlil qilindi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan xalq diplomatiyasi mexanizmlarini zamonaviy talablar asosida mustahkamlash va ular orqali BRMga erishishga ko‘maklashish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Shu bilan birga, jurnalistika va adabiyotning tinchlik, birlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdagi o‘rni alohida ta’kidlanib, media va ijod ahli xalqlar o‘rtasida diplomatik ko‘prik vazifasini bajarishi e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston uchun 16 ta milliy maqsad va 126 ta vazifa belgilandigi konferensiya ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi. Bu BRMni milliy rivojlanish siyosatiga moslashtirishda birinchi institutsional qadam bo‘lganligi alohida uqdirib o‘tildi.
Unda nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, madaniy-ma’rifiy markazlar, ta’lim muassasalari, ekspertlar va akademik hamjamiyatning o‘zaro hamkorligini kengaytirishga alohida ahamiyat qaratildi va amaliy takliflar bildirildi.
Sessiya doirasida Markaziy Osiyoda madaniy diplomatiya va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini rivojlantirish imkoniyatlari ham tahlil qilinib, umumiy tarixiy va madaniy ildizlar asosida mintaqaviy barqarorlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashda NNTlar, yoshlar va ayollar tashkilotlari hamda intellektual markazlarning o‘rni muhim omil sifatida ko‘rsatiladi.
Ikkinchi sessiya. Mintaqaviy va global darajada xalq diplomatiyasi orqali barqaror rivojlanishni ta’minlash – barqaror rivojlanishni ta’minlashda xalq diplomatiyasining o‘rni kompleks tarzda muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida millatlararo muloqotni chuqurlashtirish, mamlakatlar va jamiyatlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash hamda global barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xalq diplomatiyasining strategik ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
2025 yilda “Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qiligan xisobotga ko‘ra O‘zbekiston 167 ta davlat orasida 73,1 ball bilan, 19 pog‘onaga ko‘tarilib, 62-o‘rinni egallagani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bilan birga, xalq diplomatiyasining amaldagi mexanizmlari — transmilliy loyihalar, madaniy va ta’limiy almashinuvlar, mintaqaviy hamkorlik dasturlari — tinchlik, barqarorlik va qo‘shnichilik munosabatlarini kuchaytirishdagi ta’siri nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.
Shuningdek, xalq diplomatiyasining davlatning ijobiy xalqaro imijini shakllantiruvchi kuchli drayver sifatidagi ahamiyati masalalariga oid fikr va takliflar bildirildi.
Shuningdek, “Fuqarolik jamiyati haftaligi” davomida:
nodavlat notijorat tashkilotlari milliy forumi;
nogironligi bo‘lgan shaxslar mahsulotlari yarmarkasi;
Oliy Majlis va Adliya vazirligi bilan uchrashuvlar;
ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun “Maqsadli loyihalar” aksiyasi ham o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, xalqaro tadbir mobaynida, konferensiya rezolyu