Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Din erkinligi dolzarb masala

17-05-2022 50

    Buxoroda o‘tkazilayotgan    “ Deklaratsiyalar muloqoti ”    xalqaro forumida jahon hamjamiyatining nufuzli tashkilotlari rahbarlari ishtirok etayotgani    din    erkinligi masalasi xalqaro miqyosda qanchalar dolzarb ekanligini yaqqol ko‘rsatadi.

Bugungi majlislar va sessiyalaridagi ma’ruza hamda muhokamalarga taniqli ekspertlar jalb qilingani ham anjumanimiz yuqori saviyada o‘tishidan dalolatdir . Ushbu    anjumanda hammamiz uchun muhim bo‘lgan dolzarb fikrlar bildirilishiga va    ular    asosida biz hamkorligimizning yangi yo‘nalishlarini birgalikda belgilab olishimizga ishonchim komil.    

    Mamlakatimizda diniy erkinlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda . Bugungi kunda diniy erkinlik sohasidagi islohotlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlarning asosiy qismidir . Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash Yangi    O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarini biri sifatida belgilangan . Inson va fuqaroning huquqlari ,    erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ,    O‘zbekistonning birligi va yaxlitligini mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosati konsepsiyasi hayotga tatbiq etilmoqda.

    Jamiyatni ma’naviy-axloqiy yangilashning muhim omili diniy ta’lim va ma’rifatdir . Shu    bilan birga ko‘p millatlilik sharoitida ma’naviy-diniy tiklanish sohasidagi eng muhim muammolardan biri diniy ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish ,    imom-xatiblar va ruhoniylar malakasini oshirishdir . 2018    yil    12    dekabrda    BMT Bosh    Assambleyasi tomonidan    “ Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik ”    rezolyutsiyasi bir ovozdan qabul qilingani chinakam tarixiy voqea bo‘ldi . Hujjatni ishlab chiqish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti    Shavkat Mirziyoyev    tomonidan    BMT Bosh    Assambleyasining    2017    yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan    72-sessiyasida    bildirilgan edi . O‘zbekiston mustaqilligi tarixida ilk    bor    BMTning diniy erkinlik bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid mamlakatimizga tashrif buyurdi . Tashrifi yakunlari bo‘yicha    din    va e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha taqdim etilgan tavsiyalar to‘liq amalga oshirildi.    

    Diniy e’tiqod erkinligini mustahkamlash sohasidagi xalqaro    norma    va talablarni milliy qonunchilikka tatbiq etish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida ”    gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini yangi tahrirda tayyorlashda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi ,    Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro    pakt    normalari ,    shuningdek ,    umumiy sharhlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining fikrlari diqqat bilan o‘rganildi va hisobga olindi.    

    Qonunni ekspertizasini o‘tkazishda bizlarga yordam bergan Elizabekt Krak xonimga , Yevropa    Kengashining    Venetsiya    komissiyasi ,    Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosiga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman . Vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi hamkorlik nafaqat xalqaro tashkilotlar , balki    mamlakat miqyosida ,    jumladan ,    xorijiy davlat institutlari va fuqarolik jamiyati orqali ham amalga oshiriladi . Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan salmoqli ishlarga qaramay ,    haligacha hal etilmagan yoki yetarlicha e’tibor qaratilmayotgan masalalar ko‘p . Amerikalik hamkorlarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman va biz diniy erkinlikning barcha jihatlari bo‘yicha    konstruktiv    muloqotga tayyorligimizni tasdiqlaymiz.    

    Akmal    Saidov,    

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining    birinchi o‘rinbosari,

    Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori