Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Davos–2026: jahon kun tartibi shakllanadigan global muloqot maydoni

21-01-2026 40

    World Economic Forum (WEF)ning navbatdagi yillik yigʼilishi — “Davos–2026” forumi 2026 yil 19–23 yanvarь kunlari Shveytsariyaning Davos–Klosters shahrida boʼlib oʼtmoqda. Ushbu forum xalqaro miqyosdagi eng nufuzli muloqot platformalaridan biri sifatida jahon iqtisodiyoti, global xavfsizlik va barqaror rivojlanishga oid ustuvor yoʼnalishlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Forum doirasida jahon iqtisodiy taraqqiyotining istiqbollari, geosiyosiy jarayonlar, urush va tinchlik masalalari, energetik xavfsizlik, sunʼiy intellekt va raqamli transformatsiya, iqlim oʼzgarishi hamda barqaror rivojlanish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

    Davos–2026 forumi qatnashchilari qatoriga davlat va hukumat rahbarlari, yirik xalqaro korporatsiyalar va moliyaviy institutlar yetakchilari, BMT, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʼarmasi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, texnologiya, sunʼiy intellekt, iqlim va barqaror rivojlanish sohalaridagi yetakchi ekspertlar kiradi.

    Davos forumi — global muammolar yuzasidan qaror qabul qiluvchi asosiy aktorlar oʼrtasidagi strategik muloqotni taʼminlaydigan, jahon kelajagi muhokama qilinadigan xalqaro maydondir.