Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Barqaror rivojlanish markazida Hindiston elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

24-04-2026 219

    2026 yil 23 aprel kuni Barqaror rivojlanish markazida Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Smita Pant xonim ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

        Suhbat davomida Elchi Barqaror rivojlanish markazi faoliyati bilan tanishtirildi. Shuningdek, ta’lim, ekologik tashabbuslar, ekspert va tahliliy doiralar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirish bilan bog‘liq masalalar xususida fikr almashildi.

        Tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini qayd etdilar.

        Uchrashuv samimiy va ishchan ruhda o‘tdi.