Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Barqaror rivojlanish maqsadlari va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi ijrosida “mahalla yettiligi”ning o‘rni

25-11-2025 44


    Toshkent, 24 noyabr 2025 yil — Barqaror rivojlanish markazi eksperti Toshkent shahar mahalla raislari uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda “mahalla yettiligi” tizimining o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

    Tadbirda markaz eksperti Avazbek Xalbekov mahallaning zamonaviy boshqaruv tizimidagi vazifalari, aholi bilan muloqotni kuchaytirish usullari va joylarda ijtimoiy loyihalarni samarali amalga oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdi.

    Ekspert ta’kidlaganidek, mahalla institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali aholining davlat organlariga ishonchini oshirish, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashda manzilli yondashuvlarni mustahkamlash mumkin.

    Seminarda shuningdek, “mahalla yettiligi” tizimining aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy sheriklikni kengaytirish va mahallada mavjud resurslardan samarali foydalanishdagi ahamiyati muhokama qilindi.

    Ta’kidlanishicha, mahalla instituti hududlarni barqaror rivojlantirish, mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va jamoatchilik birdamligini mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi.

    Yakuniy qismida ishtirokchilar mahalla tizimini takomillashtirish, aholining faol ishtirokini oshirish hamda jamoatchilik nazorati va hamkorligini kengaytirishga oid savollariga javob oldilar.