O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotining barqaror O‘sishini taʼminlash, uning raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish O‘rinlari yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishdan iborat. Bu jarayonda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish barqaror iqtisodiyotni shakllantirishning muhim omillari sifatida namoyon bO‘lmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyotning zamonaviy modeli nafaqat yuqori O‘sish surʼatlariga, balki uning uzoq muddatli natijadorligiga ham asoslanadi. Shu bois resurslarni tejash, energiya samaradorligini oshirish, suvdan oqilona foydalanish, ekologik xavflarni kamaytirish va ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish iqtisodiy siyosatning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bunday yondashuv iqtisodiy O‘sish bilan bir qatorda atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish va kelajak avlodlar manfaatlarini inobatga olish imkonini beradi.
2026 yil 26 avgust kuni Barqaror rivojlanish markazi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bO‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi bilan hamkorlikda “Barqaror iqtisodiyot - farovon hayot va munosib kelajak poydevori” mavzusida soha mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbirda moliya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, davlat moliya organlari va byudjet tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda barqaror iqtisodiyotni shakllantirishning asosiy shartlari, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, investitsiyalarning natijadorligini oshirish, davlat qarzini samarali boshqarish hamda iqtisodiy siyosatning uzoq muddatli taʼsirini baholash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, global iqtisodiy O‘zgarishlar va tashqi xatarlar sharoitida milliy iqtisodiyotning barqarorligini mustahkamlash, iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholi farovonligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida sanoatni modernizatsiya qilish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish, logistika tizimini takomillashtirish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish bO‘yicha takliflar bildirildi. Kichik va O‘rta biznesni qO‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish va yangi ish O‘rinlarini tashkil etish orqali aholi daromadlarini oshirish barqaror iqtisodiyotning muhim natijalaridan biri sifatida qayd etildi.
Barqaror iqtisodiyotni taʼminlashda moliya tizimining O‘rni ham alohida ahamiyatga ega. Byudjet mablag‘laridan samarali va natijaga yO‘naltirilgan holda foydalanish, soliq tizimini takomillashtirish, davlat moliyasining barqarorligini taʼminlash hamda xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, zamonaviy iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bO‘lgan inson kapitaliga investitsiya kiritish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini iqtisodiyot ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va zamonaviy kasblar bO‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, barqaror iqtisodiyot mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyoti, aholi farovonligi va kelajak avlodlar uchun munosib hayot sharoitlarini shakllantirishning mustahkam asosidir. Iqtisodiy O‘sishni inson manfaatlari, innovatsiyalar va samarali resurslardan foydalanish bilan uyg‘unlashtirish orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish mumkin.