Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Alfraganus universitetida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

26-01-2026 48

    2026 yil 26 yanvar kuni Barqaror rivojlanish markazi hamda Toshkent ekologik partiyasi hamkorligida Alfraganus universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

    Tadbirning asosiy maqsadi barqaror rivojlanish tamoyillarini milliy taraqqiyot ustuvor yo‘nalishlari bilan uyg‘unlashtirish, ekologik mas’uliyatni kuchaytirish, jamiyatda ijtimoiy adolat va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan strategik vazifalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

    Davra suhbati jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, inson qadrini ulug‘lash, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ekologik muvozanatni saqlash, samarali va xalqchil davlat boshqaruvini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, siyosiy partiya a’zolari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar hamda yoshlar ishtirok etib, Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va vazifalarni amaliyotga tatbiq etish, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish hamda ochiq va hisobdor boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

    Muhokamalar davomida barqaror iqtisodiy taraqqiyot, ekologik xavfsizlik va ijtimoiy himoyani ta’minlash, shuningdek, davlat boshqaruvida xalq manfaatlarini ustuvor qo‘yishga qaratilgan yondashuvlarni institutsional jihatdan mustahkamlashning dolzarbligi ta’kidlandi. Ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mazkur islohotlardagi o‘rni va ahamiyati ham alohida qayd etildi.

    Tadbir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda davlat organlari, siyosiy partiyalar, ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar berildi.