Ayni vaqtda respublika bo‘ylab nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Endilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha muammolari tegishli idoralar bilan birgalikda hal etilishi , ularning barchamiz kabi yashashi , ta’lim olishi, ishlashi , jamiyatda o‘z o‘rnini topishi masalalari ortiqcha muammo bo‘lmaydi.
Xatlov natijalariga ko‘ra , ambulator va statsionar sharoitda davolanish, reabilitatsiya markazlarida tibbiy , ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya choralarini olish , davolanishga , reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va protez-ortopediya moslamalariga muhtojlar , yirik bo‘g‘imlarni endoprotezlash, qon tomirlarni stendlash , eshitishda nuqsoni borlarni koxlear implantatsiyalash, ichki a’zolar ( buyrak , jigar ) transplantatsiya qilishga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Bahodir Karimov ishtirokida AOKAda nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ta’kidlanishicha , nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish jarayonida ularning yashash sharoiti va moddiy ta’minotiga alohida e’tibor qaratilib , ushbu masalalarga asosan kelgusida amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ishlab chiqish maqsadida ular uchta (“ yaxshi - yashil”, “o‘rta - sariq ” va “ qoniqarsiz - qizil ”) toifaga ajratib olinmoqda.
Yana bir muhim masala , ijarada yashayotgan va uy- joyga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslar aniqlanib , ularning manzilli ro‘yxati ham shakllantirildi. O‘z navbatida xatlov ishlari joriy yilning 15 fevral kuniga qadar to‘liq yakunlanib , aniqlangan har bir muammo va masalalar bo‘yicha Idoralararo kengashning tegishli “ chora-tadbirlar ” dasturi qabul qilinadi.