Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

23-01-2022 68

    Joriy yilning 19 yanvar kuni Barqaror rivojlanish markazi direktori Marifjon Usmanov hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakolatxona rahbari Jemalettin Tuney bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur agentlik Turkiya Respublikasi Bosh Vaziri devoni huzuridagi texnikaviy yordam ko‘rsatish tashkiloti bo‘lib, 1992 yilda tashkil etilgan. Hozirda tashkilotning Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alaridagi 140 ga yaqin davlatda 50 dan ortiq vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Uchrashuv davomida Markaz rahbari M. Usmanov O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va rivojlanish istiqbollari, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda davlat siyosatida aynan shu masalani ro‘yobga chiqarish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beriganligi, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatning mazmun-mohiyati, barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijalari, shuningdek, Barqaror rivojlanish markazining maqsad va vazifalari, faoliyat ko‘lami bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.

    Muzokara davomida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakolatxonasi va Barqaror rivojlanish markazi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini ham atroflicha muhokama qilindi.

    Jumladan, ikki mamlakat o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Uchrashuv yakunida Turkiya va O‘zbekiston mutaxassislari

va ekspertlari ishtirokida halqaro konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazishga kelishib olindi.