Dunyoda ochlik hali ham millionlab insonlarning hayotiga ta’sir qilmoqda.
So‘nggi xalqaro tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa, 2030 yilga kelib taxminan 512 million kishi doimiy ravishda to‘yib ovqatlanmaslik muammosi bilan yashashi mumkin. Mazkur ko‘rsatkich jahon aholisining qariyb 6 foiziga teng.
Qanday o‘zgarish kutilmoqda?
Barqaror rivojlanish kun tartibi qabul qilingan 2015 yilda dunyoda ochlikdan aziyat chekuvchilar soni 577 million nafar deb baholangan edi.
2030 yilga kelib bu ko‘rsatkich 577 mlndan 512 mlnga ya’ni atigi 65 million kishiga kamayishi taxmin qilinmoqda.
Bu esa “Nol ochlik” (Zero Hunger) maqsadiga erishish hali ham katta global muammo bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.
Nega bu muhim?
Ochlik — faqat ovqat yetishmasligi emas. U:
✓ bolalar salomatligiga ta’sir qiladi
✓ ta’lim imkoniyatlarini cheklaydi
✓ kambag‘allikni yanada kuchaytiradi
✓ jamiyat barqarorligiga tahdid soladi
Yechim nima?
Mutaxassislar quyidagi yo‘nalishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqda:
✓ qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish
✓ oziq-ovqat tizimlarini barqaror qilish
✓ kambag‘allikni qisqartirish
✓ ijtimoiy himoya dasturlarini kengaytirish
Ochlik — insoniyat uchun hal qilinishi mumkin bo‘lgan muammo.
Birgalikda harakat qilsak, 2030 yilgacha “Ochliksiz dunyo” orzusi amalga oshishi mumkin.
Barqaror kelajak — bugungi qarorlarimizga bog‘liq!
Manba: “The State of Food Security and Nutrition in the World 2025 (SOFI 2025)”hisoboti.